Namoyişçilar şahar markazidagi Old Town Square va Wenceslas Square maydonlarida töplandi. Taşkilotçilar bahosiga köra, mitingda 80 mingdan 90 ming nafargaça kişi iştirok etgan.
Faollar şu bilan birga prezidentni qöllab-quvvatlaş uçun 1 million imzo töplaşini e’lon qildi. Keyinçalik “barça xohlovçilar siğadigan joyda” yanada keng kölamli miting ötkaziş rejalaştirilmoqda. Kun örtalariga kelib taxminan 600 mingga yaqin imzo töplangan.
Noroziliklarga prezident Petr Pavel bilan yangi öng populistik hukumat rahbari, milliarder Andrey Babiş örtasidagi mojaro sabab böldi. Mojaro prezidentning Motoriss for Themselves partiyasi faxriy raisi Filip Turekni atrof-muhit vaziri lavozimiga tayinlaşdan boş tortişi ortidan kuçaygan.
Pavel öz qarorini Turek ilgari bildirgan ba’zi fikrlar demokratik davlatda vazir lavozimiga mos kelmasligi bilan izohladi.
Şuningdek, prezident taşqi işlar vaziri va Turekning partiyadoşi Petr Maçinkani uşbu tayinlov masalasida unga bosim ötkaziş va amalda şantaj qilişga uringanlikda omma oldida aybladi.
Petr Pavelni hozir muxolifatda bölgan partiyalar vakillari qöllab-quvvatlamoqda.

















