Turkiya Iroq Kurdistoniga qarshi javob choralarini qabul qildi
Turkiya vazirlar mahkamasi mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an raisligida o‘tgan yig‘ilishda Iroq Kurdistoni muxtoriyati mustaqilligi bo‘yicha referendumga javoban qator choralarni qabul qildi. Mamlakat vitse-prezidenti Bekir Bo‘zdog‘ning ma'lum qilishicha, ularni e'lon qilishga hali vaqtli.
Avvalroq Iroq Kurdistoni rahbari Ma'sud Barzoniy mintaqa Bog‘doddan mustaqil bo‘lish haqidagi referendumni boshqa muddatga ko‘chirmasligi va 25 sentabr kuni o‘tkazishi haqida ma'lum qilgandi. Bu, uning so‘zlariga ko‘ra, “o‘tkazilayotgan bosimga qaramay yuz beradi”.
"Biz referendum bekor qilinadigan bo‘lsa, hamda agarda u o‘tkazilsa, bu holatlardagi barcha variantlarni muhokama qildik. Turkiya jiddiy pozitsiyada hamda o‘zini milliy xavfsizligi manfaatlari hisobga olingan holda tutadi. Biz barcha tahdidlarga qarshi rejalar qabul qildik, hamda umid qilamanki, ularni qo‘llashga ehtiyoj bo‘lmaydi. Hozircha ular haqida e'lon qilmaslikka qaror qildik. Biz barcha choralar va ularning oqibatlarini yaxshilab o‘ylab ko‘rganmiz", - dedi Bo‘zdog‘ jurnalistlarga vazirlar mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng.
Uning ta'kidlashicha, referendum Turkiya milliy xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid uyg‘otadi, mintaqadagi keskinlikni kuchaytiradi va kutilmagan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
"Iroq bilan qo‘shni bo‘lgan barcha davlatlar va xalqaro hajmiyat referendumga qat'iy qarshi. Kurdlar muxtoriyatida ham uni qo‘llab-quvvatlamayotganlar yetarlicha, u yerda nafaqat kurdlar, balki arablar, turkmanlar yashaydi. Kurdlar ma'muriyatini yana bir bor sog‘lom fikr bilan ish ko‘rish va referendumdan voz kechishga chaqiraman. Bu hissiyotlarga berilgan holda hal etiladigan masala emas. Umid qilamizki, ular qayta o‘ylab ko‘rishadi. Hali vaqt bor", - dedi Bo‘zdog‘.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya referendumning boshqa muddatga ko‘chirilishiga qarshi va u bekor qilinishini talab qiladi. Bo‘zdog‘ Iroq bilan turli yillardagi kelishuvlar haqida eslatib o‘tdi, Anqara ular asosida referendum o‘tkaziladigan bo‘lsa, mustaqil harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Mavzuga oid
20:38 / 20.12.2024
Erdo‘g‘an Suriya shimolidagi terrorchilarni zararsizlantirish vaqti kelganini aytdi
17:42 / 20.12.2024
AQSh Turkiyaga sanksiyalar ostidagi Gazprombank orqali to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berdi
23:08 / 17.12.2024
YeI Turkiyada yashayotgan suriyalik qochqinlarga yordam berish uchun yana 1 mlrd yevro ajratadi
11:33 / 10.12.2024