Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekzit-pollar Merkel partiyasi g‘alabasini ko‘rsatmoqda
Saylovchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovlar natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, Germaniya kansleri Angela Merkel yakshanba kungi saylovdan keyin o‘z o‘rnini saqlab qoladi. Uning «Xristian-demokratlar ittifoqi» partiyasini Sotsial-demokratik partiya tarafdorlaridan ikki barobar ko‘proq saylovchilar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Infratest dimap o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, «Xristian-demokratlar ittifoqi» 37 foiz ovoz olgan, asosiy raqib bo‘lmish SDP esa 20 foiz.
Saylov yakunlariga ko‘ra, bundestag (Germaniya parlamenti) qaytadan shakllantiriladi, kansler saylanadi. Angela Merkel bu lavozimda uchinchi muddatni o‘tamoqda.
Jamoatchilik fikrini o‘rganish bo‘yicha so‘rovlar ko‘rsatgandiki, mamlakatdagi har ikkinchi nemis Merkel GFR rahbarligida qolishiga qarshidir.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026