Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ishonchni oqlamayotgan «Milan», Messini ta'qib qilayotgan Dzadza va yakshanbaning boshqa muhim voqealari
Vinchentso Montella jurnalistlar qarshisida yana qizardi
Angliya
«Brayton» «Nyukasl»ning g‘alabali seriyasini to‘xtatdi

Chempionshipda o‘tgan mavsum «chaykalar»ni uyida ham safarda ham mag‘lub etgan «Nyukasl»dan Kris Hyuton jamoasi qasos oldi. Bir necha yil muqaddam «Nyukasl»ni boshqargan Kris Hyuton shogirdlari bitta gol urib, o‘yinni xotirjamlik bilan yakunlab qo‘ydi. «Qarg‘alar» o‘yin davomida ustunlik qilishdi, ammo Shelvi va Xoselu qulay imkoniyatlarni yo‘qqa chiqarishdi.
O‘yindagi yagona gol ikkinchi bo‘lim boshida«Brayton»ning isroillik hujumchisi Tomer Hemed tomonidan urildi, natijada «chaykalar» 1982 yildan buyon ilk marta APLda ketma-ket ikki o‘yindagi g‘alabani qayd etdi. Hyuton «Nyukasl»ga qarshi kechgan 7 o‘yindagi ilk g‘alabani nishonladi.
Ispaniya
Dzadza Messi bilan poygalashmoqda

«Valensiya» «Real Sosedad»ga qarshi o‘yinda ikki marta oldinda bordi, ammo mag‘rur basklar ikki marta hisobni tenglashtirishdi. Ammo «ko‘rshapalaklar» jamoasi yakunda g‘alabaga erishdi. 85-daqiqada Gonsalu Guedesh chap qanotda yugurib, to‘pni Simone Dzadzaga yetkazdi va g‘alaba -2:3. Italiyalik futbolchi mavsumdagi beshinchi golini urib, Ispaniya chempionati to‘purarlar poygasida Messini ta'qib qilmoqda. Messi bu turni golsiz o‘tkazdi, uning hisobida 9ta gol mavjud.
«Real Sosedad» chempionatda qatorasiga uchinchi mag‘lubiyatni qayd etdi – bu basklarning 2012 yildan buyon eng yomon seriyasi.
«Selta» safarda «Eybar»ni «toptap tashladi» - 4:0, galisiyaliklarning yarim himoyachisi Pione Sisto 3 assist muallifi bo‘ldi. Oxirgi marta Primerada bir bo‘limda 3 pasni 2012 yili Sesk Fabregas «Barselona»ning «Deportivo»ga qarshi o‘yinida amalga oshirgandi.
Italiya
«Sampdoriya» «Milan»ni yakson qildi

Montella jamoasi «Sampdoriya»ga qarshi o‘yinda nursiz o‘yin ko‘rsatdi – hali mavsumda mag‘lubiyatga uchramagan genuyaliklar jamoasi o‘yin davomida raqibni qarshi hujumlar bilan qiynadi, jamoa himoyachisi Kristian Sapata ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida vatandoshi va familiyadoshi Duvan Sapataga to‘pni topshirib qo‘ygach, Donnarumma darvozasi ishg‘ol etildi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda «Milan» darvozasiga Alvares ikkinchi golni urdi va jamoa Genuyada 2010 yildan buyon ilk marta mag‘lub bo‘ldi (0:2).
O‘yin davomida «Milan» bitta ham aniq zarba bermadi – yozda sarflangan millionlar ishonchni oqlamadi. Italiya nashrlaridan biri Corriere dello Sport muqovasini tongda «Montella cho‘kmoqda» yozuvi bezab turardi.

Keyingi turda Montella jamoasini yanada qiyin o‘yin kutmoqda – «Roma».
«Inter» «Jyenoa»ni bazo‘r yengdi
Milanning ikkinchi jamoasi ham ochko yo‘qotishi mumkin edi. «Grifonlar» hali bu mavsumda g‘alaba nimaligini bilmadi, ammo jamoa bu o‘yinda yaxshi himoyalandi va qarshi hujumlar uyushtirdi. Faqatgina 87-daqiqada Danilo D'Ambrozio Joau Mariuning burchakdan uzatgan to‘pini darvozaga yo‘llab, «Inter»ga g‘alaba keltirdi. Bu jamoaning A Seriyada urilgan 12 golining 8tasi o‘yinlarning oxirgi 15 daqiqaligida urilgan.
«Jyenoa» o‘yinni 9 kishi bo‘lib tugatdi, Stefan Omeong va Odil Taarabtga qizil kartochka ko‘rsatildi. Oxirgi marta «Jyenoa» «Inter»ni Milanda 1994 yili mag‘lub etgandi.
«Latsio» «Verona»ga 3ta gol urdi, tinib-tinchimas Chiro Immobile dubl qayd etdi. Endi uning gollari soni 8taga yetdi, u shuningdek, 3 golga hammualliflik qilgan.
«Atalanta» «Fiorentina» bilan o‘yinda durangga erishdi. Bergamoliklar o‘yin boshida Federiko Kezaning golini o‘tkazib yuborishdi, ikkinchi bo‘limda esa «Atalanta»ning sobiq darvozaboni Marko Sportello Alexandro Gomesning penaltidan bergan zarbasini qaytardi. O‘yinda baribir iroda ko‘rsatildi, 94-daqiqada Remo Froyler uzoqdan bergan zarba darvoza to‘riga borib tushdi - 1:1.
Germaniya
«Bayyer» «Hamburg»ni osonlik bilan yengdi
«Aptekachilar» Bundesligadan hech qachon tushib ketmagan bu jamoani qatorasiga oltinchi uchrashuvda ham yengdi. Hamburgliklar bu mavsumni ham muvaffaqiyatsiz o‘tkazmoqda. Birinchi bo‘limda yamaykalik Leon Beyli ikkita golli pas berdi. «Bayyer» bu o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi, «Hamburg» ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatni qayd etdi.
«Hannover» Bundesligaga uzoq vaqt qolmoqchi. Bu mavsumda yana qaytgan jamoa startni yaxshi boshlagandi, ammo «Kyoln»ga qarshi o‘yinda hisob ochilmay qoldi (0:0).
Fransiya
«Marsel» sentabrni a'lo darajada o‘tkazmoqda. Rudi Garsiya shogirdlari qatorasiga uchinchi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlagan holda g‘alabaga erishdi - «Tuluza» 2:0 hisobida mag‘lub etildi. Lukas Okampos bitta gol urib, ikkinchi golga pas berdi. Endi provansallarni oldinda jiddiy raqiblar kutmoqda – Yevropa Ligasi doirasida «Zaltsburg»ga qarshi o‘yindan keyin Nitstsaga safar qilinadi.
Mavzuga oid
23:45 / 06.10.2025
«Barselona» va «Milan»ga chempionat o‘yinlarini xorijda o‘tkazishga ruxsat berildi
12:15 / 17.03.2025
Milanda Aleksey Navalniyga yodgorlik o‘rnatildi
19:09 / 20.11.2024
Dunyodagi eng qimmat ko‘chalar reytingida yetakchi o‘zgardi
12:12 / 23.04.2024