Komilov BAA TIV rahbari bilan ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Nyu-York shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon bilan uchrashdi.
BAA TIV rahbarining joriy yil may oyidagi O‘zbekistonga tashrifi va samarali muzokaralari davomi sifatida vazirlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Ta'kidlanganidek, 2017 yil 19 sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan muhim xalqaro tashabbuslar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlanishi, umuman olganda musulmon ummasining jipslashi uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Shuningdek, vazirlar tomonidan Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini yaratishda BAA ishtirokining amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Tashqi siyosat idoralari birinchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar va Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-BAA hukumatlararo komissiyasining ikkinchi majlisini o‘tkazish jadvali bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.
Mavzuga oid
15:28
BAA bilan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish bo‘yicha memorandum imzolanishi mumkin
14:15 / 12.11.2024
BAA o‘zbekistonlik haydovchilarni ish bilan ta’minlashni rejalashtirmoqda
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
12:00 / 23.10.2024