Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda soliqlarni to‘lashdan bosh tortgan shaxslarning mulki musodara qilindi
Majburiy ijro byurosining Samarqand shahar boshqarmasi soliq inspeksiyasi bilan hamkorlikda qarzdorlikni aniqlash va olish bo‘yicha navbatdagi reydni o‘tkazdi. Ish davomida davlat organlari qarzdorlar mulkini qarzni qoplash hisobiga musodara etishdi. Ba'zi soliq to‘lovchilar joyida bor bo‘lgan qarzni to‘lashga majbur bo‘ldilar.
Yakka tartibdagi tadbirkor Suhrob Safoyev soliq xizmatidan 8 million 560 ming so‘m qarz bo‘lib qolgan. Uning ishi Samarqand viloyat iqtisodiy sudida ko‘rib chiqildi. «Muliyon» mahallasi fuqarosi 2010 yildan buyon xususiy biznes bilan shug‘ullanmoqda. O‘tgan vaqt davomida u vaqti-vaqti bilan pul topish uchun chet elga bordi, o‘z biznesini tashlab qo‘ydi. Yakunda unda katta miqdorda qarzdorlik yig‘ildi. Sud ijrochilarining ogohlantirishlari yosh tadbirkorga ta'sir qilmadi. Natijada, tuzilgan akt asosida yumshoq mebellar va uy kinoteatri qarzni qoplaydigan umumiy summa hisobidan olib qo‘yildi. Unga soliq to‘lash uchun 5 kun berildi, aks holda uning mol-mulki auksionga qo‘yiladi.
Qarzni aniqlash uchun navbatdagi manzil «Kavola» mahallasidagi Ne'mat Ismatovning uyi bo‘ldi. U o‘zining bir milliondan ortiq so‘mlik yer solig‘i bo‘yicha qarzdorligini darhol to‘ladi. Qarzni to‘lashdan bo‘yin tovlayotganlarning uylari bo‘ylab shunday reydlar davom etmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026