AQSh HDKning Tinch okeani floti qo‘mondoni iste'foga chiqishga ariza berdi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani floti qo‘mondoni Skott Svift bir necha oy ichida AQShning ikkita harbiy kemasi bilan yuz bergan yirik avariyalar sababli iste'foga chiqishga qaror qildi. Svift tegishli bayonotni 25 sentabrda tarqatdi.
Uning aytishicha, u bu qarorni xizmat pillapoyalaridan yuqorilay olmasligi sababli qabul qilgan. "Men AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimida admiral Garri Xarrisning o‘rniga nomzod sifatida ilgari surilmasligim haqida xabardor qilindim. Men an'analarga amal qilgan holda va HDKga sodiq bo‘lganim uchun iste'foga ketishga ariza berdim", deb aytgan Svift. Bayonotda Svift o‘z lavozimini qachon tark etishi aytilmagan.
Avvalroq AQSh HDKning Tinch okeanida joylashgan 7-floti sobiq qo‘mondoni, vitse-admiral Jozef Okoin John S. McCain raketa esminetsi savdo kemasi bilan to‘qnashgandan keyin o‘z lavozimidan chetlatilgandi. Avgustda yuz bergan halokat oqibatida esminetsdagi 10 harbiy halok bo‘lgandi.
Iyunda esa Fitzgerald esminetsi Filippin bayrog‘i ostida harakatlanayotgan ACX Crystal konteyner tashuvchi kemasi bilan Idzu yarimoroli janubidagi Irodzaki burnidan 20 km uzoqlikda to‘qnashib ketgandi. Buning oqibatida esminets o‘ng tomonidan jiddiy talofatlarga uchragan va undagi 7 dengizchi halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:00 / 16.06.2024
Yevrosiyo bo‘ylab Tinch okeanidan Atlantika okeanigacha – dunyoning eng uzun temiryo‘l yo‘nalishlari qayerda joylashgan?
11:38 / 05.11.2023
«Dorian»dan «Nargiz»gacha: Nega to‘fonlarga ayollar nomi beriladi?
16:28 / 17.07.2023
Tinch okeanida uch oy suzib yurgan dengizchi qutqarildi
19:19 / 21.03.2023