Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 08:05 / 26.09.2017
8315
1 daqiqa o‘qiladi
Boliviya prezidenti Trampni insoniyat uchun eng katta xavf deb atadi
Boliviya prezidenti Evo Morales AQSh prezidenti Donald Trampni sayyoramiz uchun eng katta xavf deb atadi.
"AQSh bu yangi noqonuniy sanksiyalari bilan Venesueladagi muloqotni boykot qilmoqchi. Tramp – ona-zamin va insoniyat uchun eng yomon xavfdir", deb yozdi Morales tvitterda.
Avvalroq Tramp 8 ta davlat fuqarolariga AQShga kirishni taqiqlash haqidagi qarorni qabul qilgandi. Bu taqiqlov Venesuela, Shimoliy Koreya, Chad, Eron, Yaman, Liviya, Suriya va Somali fuqarolariga taalluqli bo‘ladi. Avvalgi ro‘yxatdan Sudan olib tashlangan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish