Jahon | 09:09 / 26.09.2017
4342
2 daqiqa o‘qiladi

Iroq va Turkiya harbiylari chegarada qo‘shma mashg‘ulotlar boshlashdi

Foto: AFP

Iroq qurolli kuchlari bosh shtabi Turkiya bilan qo‘shma mashg‘ulotlar boshlanganini e'lon qildi. 

Iroq Kurdistonida 25 sentabrda mustaqillik bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.

"Iroq qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Iroq va Turkiyaning ikki davlat chegarasida katta ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlari boshlanganini e'lon qildi", deb aytilgan xabarda.

Iroq Kurdistoni hukumati bir tomonlama tarzda Iroqdan ajralish bo‘yicha referendum o‘tkazishga qaror qildi. Bag‘dod 25 sentabrda bo‘lib o‘tgan referendumni konstitutsiyaga zid deb atagan. Unga Iroq oliy sudi va parlamenti ham qarshi chiqqan. Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy Iroq mamlakatning yaxlitligini saqlab qolish bo‘yicha qadamlar, jumladan, agar referendum zo‘ravonlikka olib kelsa, harbiy aralashuvga ham tayyorligini ma'lum qildi. 

Referendumni ko‘plab davlatlar va tashkilotlar, jumladan, AQSh, o‘z hududlarida kurd jamoalariga ega bo‘lgan Turkiya va Eron, Arab davlatlari ligasi qoralab chiqdi. Eron shu munosabat bilan Bag‘dod iltimosiga ko‘ra Iroq Kurdistoni bilan aviaaloqani to‘xtatdi va chegarada harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kurd referendumida gapira turib, kurdlarning qonuniy istaklari tinch yo‘l va xalqaro huquq doirasida amalga oshirilishi kerakligini aytgan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid