Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manas» aeroportida O‘zbekiston fuqarosi soxta pasport bilan qo‘lga olindi
26 sentabr kuni «Manas-aeroport» nazorat punktining chegarachilari O‘zbekistonning 1984 yilda tug‘ilgan fuqarosini soxta pasport bilan qo‘lga olishdi.
Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, Qozon-Bishkek yo‘nalishi bo‘ylab uchib kelgan yo‘lovchilarni pasport nazoratidan o‘tkazish vaqtida O‘zbekiston fuqarosi Qirg‘izistonning boshqa fuqarosiga tegishli bo‘lgan pasportni qisman soxta belgilar bilan taqdim etdi: hujjatda fotokarta almashtirilgan bo‘lgan.
Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilganidan keyin ushlangan shaxs Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmasi xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
20:21 / 10.07.2026
«Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston» temiryo‘li qurilishi faol bosqichga o‘tdi
21:06 / 07.07.2026
Qirg‘izistonda uchish chog‘ida samolyotning shassisi sindi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
22:31 / 02.07.2026