O‘zbekiston | 16:27 / 27.09.2017
15496
1 daqiqa o‘qiladi

XVJ direktori O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni “O‘zbekiston Renessansi” deb atadi

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagard O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar va amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni ijobiy baholab, uni “O‘zbekiston Renessansi*” deb atadi. Bu haqda Xalqaro Press-klubning 27 sentabrdagi yig‘ilishida ishtirok etgan O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov ma'lum qildi. 

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov
Foto: Xalqaro Press-klub

“Kristin Lagard Prezident Mirziyoyevga qarata: “Siz o‘tgan qisqa davr mobaynida mamlakatni o‘zgartirib yubordingiz”, deya ta'kidladi. U, shuningdek, O‘zbekiston valyuta bozorini liberallashtirish borasida suzuvchi kursga o‘tilgani, sanoatlashtirishning asosiy yo‘nalishi bo‘lgan energetika sohasini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni e'tirof etdi”, - dedi Jamshid Qo‘chqorov.

 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid