Prezident Şavkat Mirziyoyev 14 yanvar kuni energiya samaradorlikni oşiriş hamda elektr energiyasi ta’minotida bozor mexanizmlarini joriy etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.
Energiya samaradorligi
Özbekiston eng köp energiya sarflaydigan mamlakatlar qatoriga kiradi. Xususan, respublikada binolarning yakuniy energiya iste’molidagi uluşi qariyb 50 foizni taşkil etib, bir kvadrat metrga töğri keladigan energiya sarfi Yevropa mamlakatlariga nisbatan bir neça barobar yuqori.
Şu bois, ötgan yilda energiya samaradorlik sohasidagi islohotlarni tizimli yölga qöyiş maqsadida alohida agentlik taşkil etildi. Uşbu tuzilmaga 2030 yilga qadar iqtisodiyotda energiya sarfini kamida 20 foizga, davlat idoralari va ijtimoiy obektlarda esa energiya iste’molini 15 foizga qisqartiriş vazifasi yuklatilgan.
Taqdimotda agentlikning 2026 yildagi faoliyati rejalari körib çiqildi.

Qayd etilişiça, Özbekistonda binolarning katta qismi ötgan asrning 60-70-yillarida qurilgan bölib, ularda energiya sarfi darajasi yuqoriligiça qolmoqda. Şu bois, ijtimoiy obektlar va aholi turar joylarini energiya samarador obektlarga aylantiriş böyiça keng kölamli işlar rejalaştirilgan. Joriy yilda bunga 150 milliard söm subsidiya va kompensatsiya mablağlari yönaltiriladi.
Respublikadagi 30 mingga yaqin ijtimoiy obektlarning energiya samaradorligini oşirişda xalqaro moliya institutlari iştiroki va xususiy sektor investitsiyalarini kengaytirişga alohida e’tibor qaratiş zarurligi körsatib ötildi.
Joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida 770 ta ijtimoiy obekt energiya samaradorlik standartlari asosida modernizatsiya qilinadi. Bunga xalqaro moliya institutlaridan 264 million dollar mablağ jalb etiladi.
Şu bilan birga, energiyani tejaş orqali daromad oliş mexanizmlari – energiya servis kompaniyalarining xizmatlarini (ESCO) rivojlantiriş va uşbu bozorni şakllantiriş masalalari ham körib çiqildi.
Binolarni energiya auditdan ötkaziş, energiya samaradorlik standartlari asosida loyihalaş va modellaştirişda raqamli texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini keng qöllaş rejalari haqida axborot berildi.


















