Bugun 27 sentabr kuni Milliy matbuot markazida “Tibbiy ta'limdagi islohotlar — mamlakatimiz tibbiyot sohasining taraqqiyot mezonlaridan biri” mavzusida matbuot anjumani ötkazildi. Anjumanda qatnaşgan KUN.UZ muxbiri şu haqida xabar berdi.

Tadbirda ta'kidlanişiça, tibbiyot xodimlarini tayyorlaş borasida töplangan tajribalar bu sohani, ayniqsa, öquv dasturlarini yanada takomillaştiriş vaqti kelganini ham körsatmoqda.

Öquv soatlari tahlil qilib örganganilganda, öquv dasturlaridagi mavzularning 15 foizi va hatto undan ortiği qaytariliş holatlari mavjudligi aniqlandi. Bundan taşqari, bakalavriat va magistratura bosqiçidagi öquv reja va dasturlarda mutaxassislikka oid bölmagan fanlarning köpligi ham talabalarning ortiqça vaqtini olib, ixtisoslik böyiça bilim olişiga sezilarli ta'sir qilib kelayotgandi. Yana bir muammoli holat — ta'lim jarayoniga tibbiyot sohasidagi zamonaviy bilimlarni kiritişda vujudga kelgan qiyinçiliklar bilan boğliq edi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev qarori bilan oliy tibbiy ta'limning klinikagaça bölgan va klinik fanlar bloklari böyiça öquv soatlari salmoği oşirilişi, oliy tibbiy ta'lim standartlarini qayta körib çiqiş belgilandi. Şunga köra, bakalavriat bosqiçi uçun davlat ta'lim standartlari qayta işlab çiqilmoqda, ya'ni kasbiy fanlar bloki kengaytirilib, ijtimoiy-iqtisodiy fanlar blokini 7 foizgaça qisqartiriş, klinikagaça va klinikaga oid fanlar uçun soatlar hajmini 85 foizgaça köpaytiriş nazarda tutilgan.

Avvalgi Davlat ta'lim standartlarida belgilangan öquv rejalarida gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki böyiça öquv soatlari hajmi 15-20 foizgaça edi. Asosiy mutaxassislik böyiça esa 40-50 foizni taşkil qilardi. Bu islohot oliy tibbiy ta'limning birinçi bosqiçidan boşlab, bölajak şifokorning sohaga doir bilimlarini şakllantirişiga keng imkoniyatlar yaratadi.