O‘zbekiston | 16:01 / 27.09.2017
6768
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali zarur jihozlar bilan ta'minlanadi

Foto: ung.uz

Prezidentning 25.09.2017 yildagi PQ–3287-son «Toshkent shahrida I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz davlat universiteti filiali faoliyatini yanada takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e'lon qilindi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
 
Hujjat bilan ta'lim muassasasi Vasiylik kengashining yangilangan tarkibi ma'qullandi.
 
Bundan tashqari, Filial va uning qoshidagi ixtisoslashtirilgan akademik  litseydagi o‘quv jarayonini jihozlash va tashkil etish uchun 19 nomdagi o‘quv-laboratoriya uskunalari va moddiy-texnik resurslar 1.01.2020 yilgacha mamlakatga olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilindi (bundan bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar mustasno).
 
«O‘zbekneftgaz» AJ imtiyozlar qo‘llanib olib kirilgan tovarlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan tizimli monitoringni amalga oshiradi.
 
Qaror rasman e'lon qilindi va 26.09.2017 yilda kuchga kirdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid