Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Qirg‘iziston qo‘shma korxonalar tashkil etish masalasini muhokama qildi
Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov va O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev qo‘shma korxonalarni tashkil etish masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining matbuot xizmati xabar bermoqda.
Matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning amaliy jihatlarini muhokama qilib, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning yaqin kelajakdagi aloqalari yuzasidan fikr almashdilar.
Vazirlar prezident Almazbek Atamboyevning O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan davlat tashrifi doirasida Toshkentda Qirg‘iziston-O‘zbekiston biznes-forumi va Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilarining ko‘rgazmasini o‘tkazish masalasini muhokama qilishdi.
Shuningdek, vazirlar mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmini oshirish bo‘yicha amaliy qadamlar bo‘yicha fikr almashishgan.
Mavzuga oid
07:40 / 07.05.2026
Qirg‘iz-tojik-o‘zbek chegarasidagi «Do‘stlik» xalqaro savdo-iqtisodiy parki konsepsiyasi taqdim etildi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
18:24 / 29.04.2026