Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hafta oxirida harorat keskin pasayishi mumkin
Joriy hafta oxirida O‘zbekistonda harorat keskin pasayishi kuzatilishi mumkin. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xabariga ko‘ra, 28 sentabr kunidan mamlakat hududiga shimoldan sovuq havo oqimi kirib keladi.
«28-30 sentabr va 1 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi hududiga Qozog‘iston Respublikasi va Povoljye orqali Yevropaning Rossiya qismida (Moskva viloyatida) hosil bo‘lgan nam, sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda», deyilgan xabarda .
28-30 sentabr kunlari Respublika hududida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi, shamol tezligi 15-20 m/s, (55-75 km/soat) gacha kuchayishi kutilmoqda. 28-30 sentabr kunlarida havo harorati kunduzi 15-20 daraja iliq, 30 sentabr va 1 oktabr kunlari kechasi 3-8 daraja iliq, vaqti-vaqti bilan 0 darajagacha sovushi kutilmoqda.
Shuningdek, hafta oxirida Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi mavjud.
Mavzuga oid
20:01 / 22.06.2026
Qurg‘oqchil havo: jazirama hafta fermerlar uchun qanday xavflar tug‘diradi?
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
19:05 / 15.06.2026
Issiq haftada jala ham kutilmoqda
09:40 / 15.06.2026