Jamiyat | 10:22 / 28.09.2017
5430
2 daqiqa o‘qiladi

Mirzo Ulug‘bek tumanida xonadondan o‘g‘rilik fosh etildi

2017 yil 12 avgustdan 13 avgust kuniga qadar vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro X.V.K.ning xonadonida bo‘la turib, uning uyda yo‘qligidan foydalanib, bahosi 1.570.000 so‘m bo‘lgan "Media" rusumli muzlatgich va bahosi 1.200.000 so‘m bo‘lgan "Artel" rusumli televizorini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik, ya'ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan edi. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni I.S.B. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid