Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple: AQSh hukumati milliy xavfsizlikka doir ma'lumotlarni ko‘proq so‘ramoqda
Amerikaning Apple korporatsiyasi 2017 yilning birinchiyarmida AQSh hukumati unga milliy xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq ma'lumotlarni so‘rab necha marta murojaat qilganini ma'lum qildi. Bu haqda Cnet xabar qilmoqda.
Xabar qilinishicha, birinchi yarim yillikda mamlakat hukumati 13250 dan 13499 tagacha so‘rov yuborgan. Bu o‘tgan yilning ikkinchi yarmidagi raqamdan deyarli 2 barobar ko‘pdir. 2016 yil birinchi yarim yilligiga nisbatan salkam 4 marta ko‘p ekani ta'kidlanmoqda. O‘shanda Apple 2750-2999 ta so‘rov olgan edi. Nashrning qayd etishicha, so‘nggi hisobot davri ko‘rsatkichi rekord hisoblanadi.
Kompaniyaning qo‘shimcha qilishicha, hukumat jami so‘rovining 70 foizini qanoatlantirgan. AQSh adliya vazirligi ushbu xabarni izohlashdan bosh tortgan.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026