Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Shimoliy Koreya bilan biznesni tugatmoqda
Foto: Reuters
Xitoy hukumati BMTning Pxenyanga qarshi sanksiyalariga muvofiq, yil oxirigacha Shimoliy Koreya bilan Xitoy hududida yaratilgan barcha qo‘shma korxonalar faoliyatini tugatishni buyurdi. Bu haqda AR axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy savdo vazirligida Shimoliy Koreya kompaniyalari BMTning 11 avgustda tasdiqlangan so‘nggi sanksiyalaridan keyin 120 kun ichida yopilishi kerakligi ta'kidlab o‘tildi.
Shu tariqa, Shimoliy Koreyaning Xitoydagi kompaniyalari 2018 yil yanvar boshigacha yopilishi shart.
Ta'kidlanishicha, Shimoliy Koreya kompaniyalari Xitoyda restoran va boshqa biznes yuritib, Shimolni xorijiy valyuta bilan ta'minlashda yordam beradilar. Shimoliy Koreya ishchilari shuningdek Xitoy zavodlari va boshqa korxonalarida ishlaydilar.
Shimoliy Koreya elektr ta'minotining asosiy qismini ta'minlaydigan Xitoy 23 sentabrda 1 yanvardan Pxenyanga gaz yetkazishni to‘xtatishi va neft mahsulotlari yetkazmasini cheklashini e'lon qilgandi.
Biroq Pekin Shimoliy Koreyaga yetkazib beriluvchi energiyaning asosiy qismini tashkil qiluvchi neft xom ashyosi haqida hech narsa demagan.
Xitoy, shuningdek, sentabr boshidan Shimoliy Koreyadan ko‘mir, temir va qo‘rg‘oshin rudalari hamda dengiz mahsulotlari importini taqiqlab qo‘ygan.
Mavzuga oid
21:26 / 18.02.2026
Rossiya sanksiyalarni bekor qilish evaziga AQShga «katta kelishuv» taklif qildi – OAV
15:55 / 13.02.2026
Kim Chen In qizini voris sifatida tanlab bo‘lgan – Janubiy Koreya razvedkasi
21:59 / 06.02.2026
Rossiya Eronga kamida 4,4 milliard dollar naqd pulni yashirin yetkazdi – OAV
22:37 / 02.02.2026