Jamiyat | 21:48 / 29.09.2017
8804
3 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat vazirligi ochiq muloqoti: «O‘zbekkonsert» tomonidan odob-axloq  yo‘riqnomasi ishlab chiqilmoqda

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, madaniyat vazirligi rahbar va mas'ullari ishtirokida tizimdagi yoshlar bilan ochiq muloqot va uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuv mumtoz qo‘shiq, zamonaviy va milliy estrada, opera yo‘nalishida yakkaxon hamda jamoa shaklida ijod qilayotgan yosh ijrochilar  ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Muloqotda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev va vazirlikning tegishli boshqarma boshliqlari ishtirok etdilar, deb xabar beradi KUN.UZ’ga madaniyat vazirligi axborot xizmati.

Konferentsiyada O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziriga estrada, opera xonandalari, teatrlar aktyorlari, mumtoz qo‘shiq ijrochilari tomonidan chet elda bo‘ladigan tanlovlarda ishtirok etish, san'atkorlarning mualliflik huquqini himoya qilish, xonandalarning o‘z ijod mahsullarini televideniye orqali efirga uzatishning moliyaviy tomonlarini birmuncha muqobillashtirish, shuningdek, musiqali teatr aktyorlarining musiqiy chiqishlarini televideniye orqali ham efirga uzatish, asarlarni ommaga muntazam yetkazish, estrada san'atini rivojlantirish va yosh iste'dodli xonandalarni kashf etish maqsadida tashkil qilingan, hozirda faoliyatini  to‘xtatgan «Botir Zokirov» nomidagi ko‘rik-tanlovni yana qaytadan tashkil qilish, teatrlar va spektakllarni aholi orasida keng targ‘ib qilish yaratilayotgan ijodiy mahsullarni sifatini yanada oshirish haqida savollar, muammolar, takliflar o‘rtaga tashlandi.

Ushbu savol va takliflarga vazir tegishli chora tadbirlar ishlab chiqilishi hamda  amaliyotga tatbiq etilishini ta'kidladi. Barcha ijod ahliga «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi tomonidan odob-ahloq  yo‘riqnomasi ishlab chiqilayotgani aytildi. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan tadbirda barcha taklif va muammolar o‘z yechimini topdi, tegishli tizim tashkilotlariga aniq rejalar ishlab chiqish belgilandi.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid