Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Samarqanddagi yirik tadbirga doir farmoyishni imzoladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqaror rivojlanish bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida»gi farmoyishni imzoladi.
Farmoyish 2017 yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash muammolari va barqaror taraqqiyot bo‘yicha Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rishni ta'minlash va uni yuqori darajada o‘tkazish maqsadida imzolandi.
Qayd etilishicha, Xalqaro konferensiyada xalqaro tashkilotlar rahbarlari, BMT va Yevropa Ittifoqi rahbariyati, xorijiy davlatlarning tashqi ishlar vazirlari, ekspertlar jamoatchiligi vakillari, shuningdek xorijiy axborot agentliklari va ommaviy axborot vositalari qatoridan 150 dan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Tashqi ishlar vazirligiga (A.Komilov) 2017 yil 10 oktabrga qadar bo‘lgan muddatda Xalqaro konferensiya dasturi, xarajatlar smetasi va ishtirokchilar ro‘yxatini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rsatilgan tartibda tasdiqlash uchun kiritish vazifasi topshirildi.
2017 yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqand shahrida BMT shafeligida «Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik» Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlash muammolari va barqaror rivojlanish bo‘yicha Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha Tadbirlar rejasi №1-ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Mas'ul vazirlik va idoralar rahbarlariga Tadbirlar rejasida ko‘rsatilgan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta'minlash vazifasi topshirildi.
Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mita №2- ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etiladi.
Tashkiliy qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Xalqaro konferensiyani yuqori darajada o‘tkazishga qaratilgan tayyorgarlik va tashkiliy ishlarning barcha kompleksini ta'minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o‘z vaqtida amalga oshirish;
rejalashtirilayotgan Xalqaro konferensiya batafsil Dasturini ishlab chiqish va tadbir ishtirokchilari uchun madaniy dasturni tashkil etish;
Xalqaro konferensiya ishtirokchilari uchun vizani rasmiylashtirish, transport va tibbiy xizmat ko‘rsatish, yetib kelish hamda jo‘nab ketish masalalarini muvofiqlashtirish;
axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni ta'minlash, Xalqaro konferensiyaga axborot hamrohligini tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish;
Toshkent va Samarqand shaharlarida kelgusidagi tadbirlarning o‘tkazilish joylarini texnik va telekommunikatsiya uskunalari bilan jihozlash, obodonlashtirish va yo‘l-ta'mirlash ishlarini bajarish, shuningdek, kerakli mehmonxona fondining zarur hajmini tayyorlash;
Tadbirlar rejasini o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha respublika vazirliklari va idoralarining faoliyatini muvofiqlashtirish, Xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tashkiliy masalalar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (A.Komilov), Milliy xavfsizlik xizmati (R.Inoyatov), Ichki ishlar vazirligi (P.Bobojonov), Davlat bojxona qo‘mitasiga (M.Tohiriy):
Xalqaro konferensiya ishtirokchilarining kelishilgan ro‘yxatlariga muvofiq vizalar va boshqa ruxsatnomalarni tayyorlash va berish bilan bog‘liq masalalarni sinchiklab o‘rganish hamda hal qilishga alohida ahamiyat qaratish;
delegatsiyalar va delegatlarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi xavfsizligini ta'minlash, ularning bojxona rasmiylashtiruvi masalalarini o‘z vaqtida hal etish, Samarqand shahrida Xalqaro konferensiya o‘tkaziladigan joyda tartibni ta'minlash vazifalari yuklandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov) Xalqaro konferensiya davomida kelgusidagi tadbirlar va mehmonlarni joylashtirish joylarida sanitariya-epidemiologiya nazorati va tibbiy hamrohlik qilishni samarali ta'minlaydi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (G.Rahimov), Samarqand davlat chet tillar instituti (I.To‘xtasinov), Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (A.Mannonov), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti (A.Jumanov) va Samarqand davlat universiteti (R.Xolmurodov)ga Xalqaro konferensiyani tashkillashtirish hamda uni o‘tkazish jarayoniga professor-o‘qituvchilar tarkibi va oliy ta'lim muassasalari ma'muriyati vakillari, shuningdek, yuqori bosqichlar talabalari, doktorantlarni jalb etish vazifasi topshirildi.
Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.Mahmudovga yuklandi.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026