Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Suriya bo‘yicha kelishuvlar Rossiya va Turkiyaning umumiy yutug‘idir
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonot berishicha, Suriya bo‘yicha erishilgan kelishuvlar Rossiya va Turkiyaning umumiy yutug‘idir. U bu haqda turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida so‘z yuritdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
«Qiyinchiliklarga qaramay, biz ijobiy natijaga erisha oldik. Bu kelishuvlarni umumiy yutug‘imiz deb hisoblayman. Bu albatta do‘stimiz Erdo‘g‘anning ham yutug‘idir», — degan Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada «o‘zaro birodarkushlik urushiga barham berish uchun barcha sharoitlar mavjud».
Putinning qayd etishicha, terrorchilarni batamom yo‘q qilish va Suriya aholisining tinch hayotga qaytishi nafaqat Suriya aholisi, balki butun dunyo uchun juda muhimdir.
«Biz qochqinlarning o‘z uylariga qaytishi uchun sharoit barpo qilayapmiz, bu Suriya bo‘yicha Jyeneva muzokaralarida uzoqmuddatli siyosiy yo‘l bilan hal etish jarayonini boshlash imkonini beradi», — degan u.
Mavzuga oid
21:56 / 20.05.2026
Putin Xitoyga tashrifini yakunladi: asosiy ma’lumotlar
12:19 / 20.05.2026
«Bir-birimizga yordam berishimiz kerak» – Pekinda Putin va Si muzokaralari boshlandi
10:49 / 17.05.2026
Tramp ortidan Putin ham Xitoyga tashrif buyuradi
08:43 / 16.05.2026