Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekiston pochtasi» xalqaro pul o‘tkazmalarini so‘mda amalga oshirishni yo‘lga qo‘ydi
«O‘zbekiston pochtasi» AJ Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarbayjon va Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalari almashinuvini qayta yo‘lga qo‘ydi.
Pochta matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2017 yil 2 sentabrdagi farmoniga asosan «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ukraina, Belarus, Moldova, Ozarboyjon, Armaniston davlatlariga xalqaro pul o‘tkazmalari almashinuvi qayta yo‘lga qo‘yildi.
Xalqaro pul o‘tkazmalari yuqorida keltirilgan davlatlar pochta muassasalari bilan tuzilgan ikki tomonlama kelishuvlar doirasida yuridik va jismoniy shaxslardan milliy valyutada qabul qilinadi. Milliy valyutadagi pul mablag‘lari pul o‘tkazmasini jo‘natish kunida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha «O‘zbekiston pochtasi» AJ tomonidan erkin ayirboshlanadigan valyutada hamkor davlatga yuboriladi.
Shuningdek, MDH davlatlaridan kirib keluvchi xalqaro pul o‘tkazmalari ham mijozlarga pul o‘tkazmasi kelib tushgan kunda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi.
Mavzuga oid
13:45 / 24.04.2026
Birinchi chorakda O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari 13 foizga oshdi
17:45 / 31.03.2026
Qaysi ilovalar orqali foizsiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin?
14:51 / 31.03.2026
O‘zbekistonga yuborilgan pul o‘tkazmalari IV chorakda 40 foizga oshdi
08:04 / 19.03.2026