Jahon | 08:46 / 30.09.2017
8665
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh huquq himoyachilari Trampning yangi farmoni ustidan sudga murojaat qiladi

Foto: Reuters

«Amerika fuqaro erkinliklarini himoya qilish ittifoqi» (ACLU) a'zolari Trampning yangi immigratsiya farmoni ustidan sudga murojaat qilishga va'da berishdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Vashington yangi hujjat bilan fuqarolari Qo‘shma Shtatlarga kira olmaydigan mamlakatlar ro‘yxatini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Ular tarkibiga Chad, Eron, KXDR, Venesuela, Suriya, Somali va Yaman kiradi.

Bunga sabab sifatida ushbu davlatlarda fuqarolarni aniqlashning zaif tizimi va boshqa «tahdid omillari» ko‘rsatilmoqda. Shu bilan birga ro‘yxatdan Sudan o‘chirilgan — endilikda uning fuqarolari Amerika vizasini olishlari mumkin bo‘ladi.

Yangi farmon joriy yil 18 oktabrdan kuchga kiradi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid