22:33 / 30.09.2017
6914

APL. Fellaynining dubli "MYu"ga yirik g‘alaba keltirdi

Foto: Twitter/ManUtd

Angliya chempionatining 7-turida "Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni qabul qildi. Uchrashuv mezbonlarning 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

O‘yinning 3-daqiqasida Mata hisobni ochgan bo‘lsa, 35- va 49-daqiqalarda gol urgan Fellayni dubl qayd etdi. Uchrashuv asosiy vaqti yakunlanishiga 4 daqiqa qolganida Lukaku jamoasining 4-golini kiritdi. 

Manchester Yunayted – Kristal Pelas 4:0 (2:0, 2:0)
Gollar
: 1:0 – 3 Mata, 2:0 – 35 Fellayni, 3:0 – 49 Fellayni, 4:0 – 86 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Djons, Smolling, Valensiya, Mata (Errera, 77), Yang, Matich, Fellayni, Mxitaryan (Lingard, 66), Reshford (Marsyal, 72), Lukaku.
Kristal Pelas – Xennessi, Sako, van Anxolt, Uord, Dileyni, Milivoyevich, Kabay, Sako (Ladapo, 74), Taunsend, Panchon (Ridevald, 69), Shlupp (Makartur, 68).

Qolgan uchrashuvlarda quyidagi natijalar qayd etildi: 

Stok Siti – Sauthempton 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 40 Diuf, 1:1 – 75 Yosida, 2:1 – 85 Krauch.

Vest Bromvich – Uotford 2:2 (2:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 18 Rondon, 2:0 – 21 Evans, 2:1 – 37 Dukure, 2:2 – 90 Risharlison.

Vest Hem – Suonsi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 90 Sako.

Bornmut – Lester 0:0 (0:0, 0:0)

Top