Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston elchisi: Shavkat Mirziyoyevning tashrifi xalqimiz uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi
Foto: President.uz
29 sentabr kuni Xalqaro Press-klubda "O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning AQShga tarixiy tashrifi yakunlari: o‘zbek diplomatiyasining yangi vazifalari" mavzuida anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman chog‘ida Qirg‘iziston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Daniyar Sadikov Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi qirg‘iz xalqi uchun tarixiy ahamiyatga ega bo‘lganini ta'kidladi. Bu haqda KUN muxbiri xabar beradi.
Elchining qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida ko‘p muammolarning yechimi topildi.
"Qirg‘iz xalqi bu kunni juda uzoq kutgan edi, bu ikki birodar xalq uchun bayram bo‘ldi. Bugun ro‘y berayotgan voqealar va prezidentlarimizning irodalari hammasining o‘z o‘rniga tushishiga sabab bo‘ldi. Kuni kecha ratifikatsiya qilingan O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegaralari to‘g‘risidagi shartnoma ham tarixiy ahamiyatiga ko‘ra Qirg‘izistonning "Mangu do‘stlik" hujjati darajasiga teng", - dedi elchi.
Bundan tashqari, Daniyar Sadikov Qirg‘iziston prezidentining yaqin kunlarda, oktabr oyida O‘zbekistonga kelishini tasdiqladi.
Bundan avval KUN.UZ'da ushbu tashrifning 5-6 oktabrga rejalashtirilayotgani haqida ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
20:56 / 16.01.2026
Qirg‘izistonda telekanallarga rus tilidagi kontent namoyishi qisman cheklandi
19:20 / 12.01.2026
Makkada qirg‘izistonlik ziyoratchilar uchun bepul mehmonxona qurilishi boshlandi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
18:09 / 07.01.2026