Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarzdor fuqarolar MIB xodimlariga tan jarohati yetkazdi (video)
Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan qonun talablariga rioya qilmasdan, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi xodimlarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilish holatlari uchramoqda, deb xabar beradi «O‘zbekiston24» telekanali.
Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani «Gulzor» mahallasida istiqomat qiluvchi Faxriddin Tursunovning iste'mol qilgan elektr energiyasidan 7 million so‘mdan ziyod qarzdorligi aniqlanib, byuro xodimlari tomonidan xonadon tarmoqdan uzilayotgan vaqtda Tursunov davlat inspektori Toshmatovni haqoratli so‘zlar bilan nafsoniyatiga tegib, turli tan jarohatlari yetkazgan.
Yana bir holat. Payariq tumanidagi «Chol Mo‘yin» mahallasida yashovchi ota-bola Baxtiyor va Bahrom Qilichovlar savdo do‘konlariga o‘g‘rincha yo‘l bilan elektr simini tortib, noqonuniy foydalanib kelayotganligi majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan fosh qilingach, hujjatlar rasmiylashtirish jarayonida do‘kon egalari tayoq, tosh hamda qo‘l-oyoq bilan MIB xodimlariga tan jarohati yetkazishgan.
Pastdarg‘om tumani «Novchandir» mahallasida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Byuro xodimlari Soyibjon Jumonovni elektr energiyasidan qarzi borligidan ogohlantirish maqsadida xonadoniga kirganda, uy egasi tomonidan turli uyatsiz so‘zlar bilan xaqoratlangan. Shuningdek, uy egasi byuro xodimining yuz qismiga musht tushirgan.
Ayni vaqtda yuqoridagi holatlar bo‘yicha qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ma'lumot uchun: Jinoyat kodeksining 219-moddasida xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish, 140-moddasida esa haqorat qilgan uchun eng kam oylik ish haqining 600 baravari miqdorida jarima belgilangan.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026