Sport | 23:24 / 01.10.2017
6231
2 daqiqa o‘qiladi

Italiya A seriyasi. Markaziy uchrashuvda «Milan» yana mag‘lubiyatga uchradi

Italiya A seriyasining 7-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvida «Milan» Rimning «Roma»ni qabul qildi va imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmay qolgandi, biroq ikkinchi bo‘limning ikkinchi qismida, avvaliga Eden Djyeko hisobni ochgan bo‘lsa, 5 daqiqa o‘tib, Alessandro Florentsi tomonidan kiritilgan gol mehmonlar g‘alabasinni mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Roma»ning 6 uchrashuvda (qolganlar bitta uchrashuv kam o‘tkazgan) to‘plagan ochkolari soni 15taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 15 ochko to‘plab, 5-o‘rinda bormoqda. «Milan» esa 7 uchrashuvda 12 ochko to‘plab, 7-pog‘onani band etgan.

Italiya A seriyasi, 7-tur

Milan – Roma 0:2 (0:0)

Gollar: Djyeko (72), Florentsi (77).
Milan: Donnarumma, Bonuchchi, Romanoli, Rodriges, Musakko, Chalxano‘g‘lu, Kessie, Bigliya, Borini (Bonaventura, 84), Andre Silva, Kalinich (Kutrone, 79).
Roma: Alisson, Manolas (Jyezus, 86), Kolarov, Bruno Peres, Fasio, Strotman (Pellegrini, 30), de Rossi, Florentsi, Nainggolan, Esh-Shaaraviy (Jyerson, 78), Djyeko.
Ogohlantirishlar: Chalxano‘g‘lu (33), Djyeko (51), Bigliya (62).
Chetlatish: Chalxano‘g‘lu (80).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid