Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadadagi qo‘poruvchilikni somalilik qochqin sodir etgan
Kanadaning Edmonton shahri ko‘chasida politsiyaga hujum qilib, bir necha piyodani urib ketgan somalilik qochqinga 5 kishining joniga suiqasd qilish ayblovi ilgari surildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda.
Ayblanuvchi 30 yoshli bo‘lib, Kanada hukumati uning ismini e'lon qilmagan. Kanada OAV esa, terrorchilikni Abdulloh Hasan Sharif sodir etganini aytmoqda.
Kanada politsiyasiga ko‘ra, 2 yil muqaddam unga nisbatan ekstremistik g‘oyalarga aloqadorlikda gumon qilinib, surishtiruv ishlari olib borilgan. Ish dalil-isbotlar bo‘lmagani tufayli yopilgan edi.
30 sentabr kuni kechqurun Chevrolet Malibu avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi politsiyachini urib ketgan va uni bir necha marotaba pichoqlagan. So‘ngra, mashinada IShID bayrog‘ini qoldirib, voqea joyidan yashiringan.
Bir necha soatdan so‘ng, shu erkak U-Haul yuk mmashinasida 4 kishini urib ketgandi.
Jabrlangan politsiyasi va ikki piyodaga shifoxonadan javob berilgan. Yana ikki nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
07:43 / 13.06.2026
Kanada JCh tarixidagi ilk ochkosini qo‘lga kiritdi
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
14:14 / 12.06.2026
Kanada ham bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlamoqchi
22:32 / 09.06.2026