O‘zbekiston | 22:40 / 02.10.2017
7941
2 daqiqa o‘qiladi

Senat o‘zbek-qirg‘iz chegarasi haqidagi kelishuvni ratifikatsiya qilish masalasini ko‘rib chiqadi

Foto: Senat axborot xizmati

2 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni Senat raisi N. Yo‘ldoshev boshqardi.

Kengash Senatning o‘n ikkinchi yalpi majlisini shu yilning 4 oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalar qatorida «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnoma ham bor.

Ushbu qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 28 sentabr kuni qabul qilingan. Qonun O‘zbekiston prezidenti imzolaganidan keyin kuchga kiradi.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bugun mamlakatning O‘zbekiston bilan umumiy chegarasini belgilab olish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Ko‘rsatilgan shartnoma nizomida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining 1170, 53 kilometri tavsiflangan.

Qonun loyihasi qirg‘iz parlamenti tomonidan 28 sentabr kuni ma'qullangandi.

Senat ko‘rib chiqishi uchun «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonun, qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta'minlash to‘g‘risidagi masala ham kiritilmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid