Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kuba elchixonasi xodimlarining uchdan ikki qismini mamlakatdan chiqarib yubormoqda
Foto: Ramon Espinosa/AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Kuba diplomatik xodimlarining uchdan ikki qismi Qo‘shma Shtatlarni tark etishini talab qiladi, deb xabar bermoqda Reuters AQSh Kongressida ishlovchi va ushbu rejalardan xabardor o‘z manbasiga tayangan holda.
Agentlikning qayd etishicha, «bir necha oylardan beri davom etgan sirli «hujum»lar natijasida AQShning Havanadagi elchixonasi xodimlarining salomatligi yomonlashgach» bu choraga qo‘l urilmoqda, deb yozadi RIA Novosti.
Manbaning ma'lum qilishicha, AQSh Davlat departamenti bu qarorni 3 oktabr kuni e'lon qiladi.
Ilgariroq Kuba tashqi ishlar vazirligi AQShning Havanadagi diplomatlar sonini qisqartirish qarori ikkitomonlama munosabatlarga raxna solishini ta'kidlab o‘tgan edi.
Mavzuga oid
13:42 / 10.03.2026
Eronga AQSh maxsus kuchlari yuborilishi haqidagi xabarlar inkor etildi
12:07 / 23.02.2026
Trampning qarorgohi yonida otib o‘ldirilgan shaxs 21 yoshli rassom bo‘lgan
10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi
07:30 / 11.08.2020