Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chorsu bozorida Ko‘kaldosh-Xastimom sayyohlik marshruti barpo etiladi
Chorsu bozorida Ko‘kaldosh-Hazrati imom (Xastimom) marshruti bo‘yicha yangi sayyohlik obekti quriladi. Bu haqida Toshkent bosh arxitektori, Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Asomiddin Tojiyev matbuot anjumanida xabar berdi.
"Ma'lumki, aksariyat sayyohlar o‘zbek milliy bozoriga tashrif buyurishni xush ko‘radi. Ayniqsa, ular Buxoro, Xivada joylashgan milliy bozorlarga katta qiziqish bilan qarashadi. Toshkent shahrida ham sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida Chorsu bozorida yangi marshrut bo‘yicha milliy savdo do‘konlari barpo etiladi. Xorijliklarni yangi osmono‘par binolar bilan hayron qoldirish qiyin, sababi bu ular uchun yangilik emas. Tarixiy ko‘chalar, milliy bozorlar esa ularni hamisha qiziqtiradi. Shu sababli, yangi loyiha Ko‘kaldosh madrasasidan boshlanib, Hazrati imom majmuasi yaqinida yakunlanadi. Shuningdek, sayyohlar ushbu marshrut orqali yaqin orada qurilajak islom sivilizatsiyasi markazi bilan ham yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi", dedi Toshkent bosh arxitektori.
Ma'lum bo‘lishicha, Ko‘kaldosh-Hazrati imom marshrutining qurilishi 2-3 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
10:25 / 14.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun vizasiz davlatlar soni ko‘payishi mumkin
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026