Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj. Kataloniyada ish tashlash kuni
Bugun, 3 oktabr kuni — Kataloniya mustaqilligi referendumi vaqtida politsiyaning zo‘ravonlik harakatlariga norozilik sifatida yalpi ish tashlash e'lon qilindi.
Yuz minglab kishilar ko‘chalarga chiqishdi. Namoyishchilar Barselona markazidagi ko‘chalardan yurib o‘tishdi, ular Ispaniya milliy politsiya shtab-kvartirasini qurshab olishdi. Tinch namoyishlarda jami 300 ming kishi ishtirok etdi.
Shu kuni Kataloniyadagi asosiy avtomobil yo‘llari yopildi, pochtalar ishlamadi, barcha maktab va universitetlar faoliyati to‘xtadi. Shuningdek, metro va avtobus faqat bir necha soat mobaynida xizmat ko‘rsatdi.
Ispan «Xalq partiyasi»ning Barselonadagi qarorgohi oldidagi norozilik namoyishi.
Namoyishchilar butun Barselonani kesib o‘tgan Gran-Via ko‘chasini yopib qo‘ydi
Shaharning mashhur Bokeriya bozori ham shu kuni ishlamadi.
Mavzuga oid
12:03 / 24.03.2026
Italiyada sud tizimi islohoti referendumda rad etildi
09:30 / 16.03.2026
Ekzitpollar: Qozog‘iston yangi konstitutsiya qabul qilinishini qo‘llab-quvvatladi
00:34 / 16.03.2026
Qozog‘istonda konstitutsiya bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi
12:43 / 13.02.2026