O‘zbekiston | 12:20 / 03.10.2017
85218
2 daqiqa o‘qiladi

Qachon banklarimizdan naqd valyuta xarid qilish mumkin?

24 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov 1 oktabrdan boshlab tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarga naqd valyuta sotilishi boshlanishini ta'kidlagani haqida xabar berilgan edi.

Biroq, 3 oktabrga kelib ham bu ish amalga oshganicha yo‘q. Tijorat banklari jismoniy shaxslarga hamon valyutani konversion kartalarga o‘tkazib berish yo‘li bilangina sotishmoqda.

Aholi naqd dollarni hamon «qora bozor»dan xarid qilmoqda. Garchi «qora bozor» avvalgidek emin-erkin faoliyat ko‘rsatmayotgan, sarroflar huquq-tartibot organlari tomonidan bot-bot o‘tkazilayotgan tadbirlardan vahimaga tushib qolishgan bo‘lsa-da, ular xorijiy valyutani juda ehtiyotkorlik bilan, sinalgan kishilargagina sotib kelishmoqda.

KUN.UZning aniqlik kiritishicha, ayni paytda Markaziy bank tomonidan bu borada ma'lum bir qaror ishlab chiqilmoqda. Qaror Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Yaqin kunlar ichida bu borada qaror e'lon qilinadi. Ba'zi taxminlarga ko‘ra, naqd xorijiy valyuta sotuvi haqidagi qaror 10 oktabrdan ishga tushishi mumkin.

Mavzuga oid