Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Hisob-kitob tizimini takomillaştiriş va xöjalik yurituvçi sub’yektlarning tölov intizomini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi Nigoh kanali xabar bermoqda.

Hujjatga köra, barça toifadagi xöjalik yurituvçi sub’yektlar uçun teng raqobat şaroiti yaratilişini davom ettiriş, şuningdek, hisob-kitob tizimining şaffofligini oşiriş va xöjalik yurituvçi sub’yektlarning tölov intizomini yanada mustahkamlaş maqsadida:

  • 2022 yil 15 iyundan boşlab xöjalik yurituvçi sub’yektlarning tijorat banklarida oçilgan qonunçilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yöl qöyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlari tugatiladi. Bunda, xöjalik yurituvçi sub’yektlarning tugatilgan maxsus maqsadli hisobvaraqlaridagi mablağlar qoldiği ularning asosiy yoki ikkilamçi hisobvaraqlariga ötkaziladi;
  • maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida oçiladi va yopiladi;
  • maxsus maqsadli hisobvaraqlarni oçiş va (yoki) yopiş böyiça Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalari Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasi va Markaziy bank bilan majburiy ravişda kelişiladi.