Qozoğiston Respublikasi prezident Qosim-Jömart Töqayev «Qozoğiston Respublikasi moliyaviy barqarorligini ta’minlaş çoralari töğrisida»gi farmonni imzoladi.
Töqayevning farmoniga binoan, Qozoğiston Respublikasi milliy manfaatlarini himoyalaş va mamlakat moliyaviy barqarorligini ta’minlaş maqsadida Qozoğiston Respublikasi hududidan quyidagilarni olib çiqiş taqiqlanmoqda:
- 1. 10 ming AQŞ dollaridan oşgan naqd xorijiy valuta va (yoki) Olib çiqiş kunida Qozoğiston Respublikasi Markaziy banki kursi böyiça hisoblanganda 10 ming AQŞ dollari ekvivalentidan ziyod bölgan xorijiy valutadagi pul mablağlari;
- 2. Affinirlangan oltindan 5, 10, 20, 50 va 100 grammlik yombilar va Qozoğiston milliy banki tomonidan çiqarilgan oltindan tayyorlangan ALTYN BARYS va kumuşdan tayyorlangan KÚMIS BARYS investitsiya tangalari, şuningdek 100 grammdan ortiq affinirlangan oltin.
«Milliy manfaatlarni himoya qiliş va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaş maqsadida Qozoğiston Respublikasidan ekvivalenti 10 ming dollardan ortiq bölgan naqd xorijiy valutani olib çiqib ketiş taqiqlanadi», deyiladi hujjatda.
Farmon rasman e’lon qilingan kun, ya’ni bugun — 14 martdan kuçga kirgan.
Ilgari Qozoğiston Markaziy banki mamlakatga naqd valuta yetkaziş murakkab geosiyosiy vaziyat va aholining talabi oşgani sababli qiyinlaşganini xabar bergan edi.












