27 iyuldan boşlab “Kapitalbank” Visa xalqaro plastik kartalaridan kassa va terminallar orqali naqd valuta yeçib oliş uçun 0,7 foizlik, “Ipak yöli” bank esa 1 foiz miqdorida komissiya tölovi örnatgan.

“Hurmatli mijozlar, sizga şuni ma’lum qilamizki, 2022 yil 28 iyuldan boşlab naqd xorijiy valuta muomalasini tartibga soliş maqsadida bank tomonidan "Ipak Yöli" bankining Visa/Mastercard/UnionPay kartalaridan "Ipak Yöli" bankining kassalaridan va bankomatlaridan naqd pul yeçib oliş uçun 1 foiz miqdorida komissiya joriy etiş böyiça vaqtinçalik qaror qabul qilindi”, deyiladi bank xabarnomasida.

“Ötgan haftada qator banklarda xalqaro pul ötkazmalari böyiça muammolar kuzatila boşlagaç, spekulyantlar naqd valuta yeçib oliş uçun asosiy urğuni xalqaro plastik kartalarga qarata boşlaşdi. Çunki banklar pul ötkazmalari va ayirboşlaş şoxobçalari orqali naqd valuta berişda qiyinçiliklarga duç kela boşlagan bölsa-da, xalqaro plastik kartalardan naqd valuta yeçişga heç qanday çeklov va komissiyalar örnatişmagandi. Tabiiyki, spekulyantlar endi bu tekin lazeykadan foydalanişga ötişdi. Endi buyoğiga komissiya tölaş kerak böladi.

Nazarimda, boşqa bosimga duç kelayotgan banklar ham xalqaro plastik kartalardan naqd valuta yeçiş uçun komissiya örnata boşlasalar kerak”, deya uşbu holatga munosabat bildirgan iqtisodçi Otabek Bakirov.

Avvalroq, Özbekistonning bir neçta banklari naqd valutaga 2-3 ming dollargaça çeklovlar örnatgani haqida xabarlar tarqalgandi. Bu spekulyativ amaliyotlar köpayib ketgani bilan izohlangan.