Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Qirg‘izistonda ikkinchi harbiy bazasini joylashtirishi mumkin
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya va Qirg‘iziston rasmiylari Qirg‘iz respublikasi janubida Rossiyaning ikkinchi harbiy bazasini joylashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda 2 oktabr kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Sapar Isoqov Moskvaga tashrifi chog‘ida ma'lum qildi.
«Ushbu masalalar bo‘yicha vakolatli vazirliklar darajasida maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Qirg‘iz respublikasiga ko‘ra, nafaqat balki mintaqada xavfsizlikni ta'minlash uchun mamlakat janubida harbiy baza joylashtirish talab etiladi. Ammo, hozircha, bu borada ikki tomonning ham yakuniy qarori yo‘q. Muzokaralar davom etmoqda», — deya Isoqv so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Bosh vazirning aytishicha, RF hukumati rahbari D.Medvedev bilan muzokaralarda bu mavzu muhokama qilinmagan.
Ayni vaqtda Qirg‘izistonda Rossiyaning birlashgan Kant harbiy bazasi mavjud. U Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi tarkibiga kiradi va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tezkor kollektiv kuchlari hisoblanadi.
Amaldagi harbiy bazada KXShT aerodromi, Issiqko‘ldagi sinov harbiy-dengiz bazasi, Chaldovar qo‘rg‘onida aloqa tarmog‘i va Moylu Su shahridagi seysmik punkti bor. Rossiya bazasi 2003 yili ochilgan.
Mavzuga oid
12:25
Abu-Dabida Ukraina, Rossiya va AQSh o‘rtasidagi muzokaralar yakunlandi
11:53
Qozog‘iston sudi Rossiyadan qochgan dezertirga boshpana berishni rad etdi
10:34
Muhojir yoshlar qopqonga tushmoqda - ularga tuzoq qo‘yganlar soyada ovni davom ettirmoqda
09:20