Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:10 / 03.10.2017
9411
1 daqiqa o‘qiladi
Saakashvili unga Ukrainada siyosiy boshpana berilishini so‘radi
Foto:Aleksandr Rybin/TASS
Mixail Saakashvili Ukraina migratsiya xizmatiga unga siyosiy boshpana berilishini so‘rab murojaat qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
"Janob Saakashvili 11 sentabrda Lvov viloyatining migratsiya xizmati bosh boshqarmasiga unga qo‘shimcha himoyaga muhtoj shaxs maqomini berishni so‘rab murojaat qilgan. Buning maishiy nomi siyosiy boshpana deyiladi", deb aytdi siyosatchining advokati Markiyan Galabala.
Galabalaning aytishicha, migratsiya xizmati bir kun ichida murojaatga javob berishi kerak edi, biroq bunday bo‘lmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish