Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin 2001 yildayoq KXDR atom bombasiga egaligini bilgan
Foto: © RIA Novosti/Vladimir Vyatkin
Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Irdan 2000-yillar boshidayoq bu mamlakatning atom bombasi yaratishga muvaffaq bo‘lganini eshitgandi. Bu haqda Rossiya prezidenti «Rossiya energetika haftaligi» forumida gapirdi.
Putinning qayd etishicha, o‘tgan vaqt davomida G‘arb mamlakatlari Pyongyangga sanksiyalarni kuchaytirib keldi, ammo bu choralar mamlakat rahbariyatini yadroviy qurollanishdan qaytara olmadi, aksincha, bu mamlakat o‘z yadroviy imkoniyatlarini yanada takomillashtirdi.
«Shimoliy Koreya — o‘n yillik sanksiyalar sharoitida yashab kelayotgan kichik mamlakatmi? Nima bo‘libdi? 2001 yilda men Yaponiyaga borish yo‘lida Shimoliy Koreyada to‘xtagan va bu mamlakatning hozirgi rahbarining otasi bilan uchrashgandim. U o‘shanda menga ularda atom bombasi borligini aytgandi.
Yana bir gap: u o‘shanda zamonaviy artilleriya tizimlari orqali shimoliy koreyaliklar Seulgacha yetib bora olishi mumkinligini ma'lum qilgandi. Bu 2001 yilgi gaplar. Hozirda esa ularda atom bombasidan tashqari vodorod bombasi ham bor, oddiy artilleriya tizimlari o‘rniga — o‘rta masofaga harakatlanuvchi raketalar... Sanktsiyalar nimaga to‘sqinlik qila oldi? Bu muammolarni hal etadigan chorami?», — degan Putin.
Mavzuga oid
16:08 / 30.01.2026
Tramp Putin kuchli sovuq tufayli Kiyevga zarbalarni to‘xtatib turishini aytdi
07:50 / 23.01.2026
Putin Kremlda Trampning vakillari bilan uchrashdi
22:39 / 21.01.2026
Agar Putin va Zelenskiy tinchlik shartnomasini tuzmasa, ular ahmoq bo‘ladi – Tramp
13:48 / 20.01.2026