Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga kitoblar to‘plami tarqatildi
1 oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlab Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tashabbusi bilan «Oilaga ma'rifat ulashib» tadbirlari Respublikamizning barcha viloyat hamda shahar tumanlarida o‘tkazilib kelinmoqda.
Shu jumladan, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Samarqand viloyat bo‘limi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan ana shunday tadbirlar tashkil etilmoqda.
2 oktabr kuni viloyatning Tayloq, Ishtixon, Jomboy, Samarqand, Qo‘shrabot, Payariq, Past Darg‘om tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, serfarzand, boquvchisini yo‘qotgan xonadonlarga kitoblar to‘plamlari va esdalik sovg‘alari ulashildi.




Umuman olganda, Samarqand viloyatida bugungi kunga qadar 100 dan ortiq xonadon egalariga sovg‘a-salomlar ulashildi va bunday xayrli ishlar davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026