1 iyuldan boşlab Özbekistonda vaqtinçalik mehnatga layoqatsizlik nafaqalarini tölaşning yangi tartibi joriy etiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot xizmati xabar beryapti.

Endilikda vaqtinça mehnatga layoqatsizlik, ya’ni kasallik nafaqalari ham Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi. Yangi tartibga köra, bir kalendar yilidagi kasallikning dastlabki 5 kuni uçun nafaqa iş beruvçi tomonidan tölanadi. Oltinçi kundan boşlab esa tölovlar Davlat ijtimoiy suğurta jamğarmasi hisobidan amalga oşiriladi. Şu paytgaça mazkur xarajatlar töliq iş beruvçi zimmasida bölgan.

Kasallik nafaqasi miqdori fuqaroning suğurta stajiga qarab belgilanadi. Suğurta staji 6 oydan 8 yilgaça bölganlarga örtaça iş haqining 60 foizi, 8 yildan ortiq stajga ega bölganlarga esa 80 foizi miqdorida nafaqa tölanadi.

Şuningdek, I va II guruh nogironligi bölgan şaxslar, qaramoğida 18 yoşgaça bölgan tört nafar va undan ortiq farzandi bor fuqarolar hamda nogironligi bölgan farzandni tarbiyalayotgan oilalar uçun nafaqa miqdori qöşimça 20 foizga oşiriladi.

Yangi tizimda bolalarni parvariş qiliş böyiça ham qöşimça ijtimoiy kafolatlar nazarda tutilgan. Xususan, 14 yoşgaça bölgan bolani parvariş qiliş uçun qöşimça 20 kalendar kun, 16 yoşgaça nogironligi bölgan bolani parvariş qiliş uçun esa qöşimça 40 kalendar kungaça nafaqa tölanadi.

Yangi tizimning eng muhim jihatlaridan biri — barça jarayonlarning töliq avtomatlaştirilganidir.

Fuqarolardan heç qanday ariza yoki qöşimça hujjat talab etilmaydi. Elektron mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylaştirilişi bilan tizim avtomatik ravişda fuqaroning rasmiy bandligi, suğurta staji va daromadi haqidagi ma’lumotlarni tekşiradi hamda nafaqani proaktiv tarzda tayinlaydi.

Tölovlar «Baraka» tizimi orqali amalga oşiriladi. Har bir fuqaro uçun virtual karta avtomatik ravişda oçiladi va mablağlar uşbu kartaga ötkaziladi.

Kasallik nafaqalarini moliyalaştiriş muddatlari ham aniq belgilangan. Oyning 1–15 sanalarida tayinlangan nafaqalar şu oyning 25 sanasigaça, 16–31 sanalarida tayinlangan nafaqalar esa keyingi oyning 10 sanasigaça tölab beriladi.

Yangi tartib davlat va xususiy sektorda mehnat qilayotgan, majburiy davlat ijtimoiy suğurtasi bilan qamrab olingan barça fuqarolarga tatbiq etiladi. Buning uçun kamida 6 oylik suğurta stajiga ega böliş kerak.