Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyalik yosh ayol jurnalistning barvaqt o‘limi sababi ma'lum bo‘ldi
Yaponiyaning NHK teleradiokompaniyasining Tokiodagi idorasida ishlagan 31 yoshli ayol jurnalist Miva Sadoning barvaqt o‘limiga haddan ko‘p ishlashi oqibatida yuzaga kelgan yurak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan.
The Japan Times nashrining yozishicha, bunday fikrga qizning o‘limi sabablarini aniqlash bilan shug‘ullangan mehnat me'yorlari noziri kelgan. Ma'lum qilinishicha, Sadoning o‘limigacha bir oy ichida u bor-yo‘g‘i ikki kun dam olgan. Qiz bu vaqt ichida me'yordan ortiq 159 soat ishlagan.
Sado 2013 yilda 31 yoshida vafot etgandi. U siyosat bilan bog‘liq voqealarni yoritgan.
Yaponiya me'yordan ortiq ishlash oqibatida o‘lishni rasman tan oluvchi sanoqli davlatlardan biri hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
20:36 / 06.06.2026