Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralashi. Avstraliya Suriyani yenga olmadi
Malayziyaning Malakka shahridagi «Xang Jyebat» stadionida 2018 yilgi Jahon chempionatiga saralashning to‘rtinchi bosqichi doirasida Suriya va Avstraliya terma jamoalari birinchi uchrashuvni o‘tkazishdi. Bu uchrashuvda kuchlar teng keldi - 1:1.
Birinchi bo‘lim oxirida Robbi Kruz avstraliyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqandi, ikkinchi bo‘lim oxirida Umar as-Suma penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Javob uchrashuvi Sidneyda 10 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Suriya va Avstraliya terma jamoalari o‘rtasidagi bahslar g‘olibi noyabr oyida KONKAKAFning to‘rtinchi vakiliga qarshi o‘ynashi mumkin bo‘ladi.
JCh-2018 Saralashi, Osiyo mintaqasi
Suriya - Avstraliya 1:1
Gollar: 0:1 – Kruz – 40, 1:1 – As-Suma – 85 (pen)
Mavzuga oid
02:17 / 04.12.2022
JCh-2022. Argentina Avstraliyani mag‘lub etib chorakfinalga yo‘l oldi, Messi yubiley o‘yinida gol urdi
02:11 / 23.11.2022
JCh-2022. Fransiya Avstraliyani yirik hisobda yengdi, Jirudan dubl, Mbappe va Rabodan gol+assist
07:59 / 24.01.2019
Avtomatika. Kuper Avstraliyani qanday to‘xtatgani haqida va «iste'fochilar»ga javob
00:39 / 22.01.2019