Albatta, inkor qiliş qiyin, öyin Avstraliya terma jamoasi ustunligida ötdi. Darvozaga berilgan zarbalar, burçak töplari, uzatmalar, töp nazorati – har jabhada Avstraliyaning körsatkiçlari yuqori. Ammo şuni ham ta'kidlaş kerakki, bu körsatkiçlar öyin aynan Arnold taktikasi va rejalari asosida keçganini anglatmaydi. Aksinça, bu öyinda Ektor Kuperning taktikasi köproq iş berdi va agar murabbiylar jangini alohida oladigan bölsak, tablodagi 0:0 hisobi aynan Kuperning yutuğidir. Penaltilar seriyasida har qanday natija bölişi mumkin, tomonlarning imkoniyatlari teng baholanadi, demak, 120 daqiqadan söng, Avstraliya va Özbekistonning imkoniyati teng bölişiga erişganimizni e'tiborga olsak, bu öyinni Kuperning plyusiga yozişimiz lozim.
Umuman, murabbiyning himoyaviy va ehtiyotkor taktikasini tanqid qilayotganlar va bu Avstraliyani yengişimiz şart edi, deyayotganlar, nimaga asoslanayotganlarini tuşunmayapman. Agar özimizdan kuçsizroq sanalgan raqibga qarşi dadil öynamay, yakunda seriyada yutqazib qöyganimizda, murabbiyning öyinga munosabatini tanqid qilsak bölardi. Ammo kuçliroq raqibning imkoniyatidan kelib çiqib, şunga mos yondaşiş qaçondan beri notöğri bölib qoldi? Qirğiziston yoki Suriyaning öyinlarini misol keltirmang, ularda nima qilib bölsa-da, natijaga erişiş vazifasi turmagandi. Agar Avstraliya hisobni oçganida, biz ham hujum qilgan va balki sönggi daqiqalarda vaziyatlar yaratib, zör öynadik, deb çiqib ketgan bölardik. Birinçi turda Ummon bilan omadsiz öyindan keyin, Turkmaniston bizdan yaxşi öynadi Yaponiya bilan, ularni qarang, deb çiqqanlar ham bor edi.
Yelkasida natijaga erişiş mas'uliyati bölgan har qanday murabbiy, kim bölişidan qat'i nazar, xuddi şu yölni tanlardi menimça. Tanlaş bilan birgalikda, Özbekiston terma jamoasi bu vazifani epladi ham, öyinni deyarli xatosiz ötkazdi, minimum maqsadga erişdi.
Har qanday holatda ham Avstraliyaning tarkibi bizdan kuçli, terma jamoa tarkibida Yevropaning turli örtamiyona ligalarida töp suradigan legionerlar soni 12 nafarni taşkil qiladi. Avstraliya bizdan köra 2 kun ortiqroq tiklaniş davriga ega böldi va busiz ham jismoniy tarafdan vakillarimizdan kuçli sanaladi. Gap faqat tabiiy ustunlikda emas, sport formasida ham, zero Yevropada futbol mavsumi avj pallasiga kirgan, Özbekiston terma jamoasidagi aksariyat futbolçilar esa, ikki oy oldin tanaffusga çiqişgandi.
Va şunday holatda ham, Kuper raqibga qarşi «past himoya» bilan öynadi yoki «avtobus qöydi» degan fikrlarga qöşilmayman. Agar e'tibor berilsa, uçraşuv statistikasi va ba'zi faktlar bunday iddaolarning notöğri ekani, aslida, Kuperning asosiy rejasi raqibning asosiy ustunliklarini yöqqa çiqariş va öz ustunliklarimizdan foydalaniş bölganini köramiz.
1) Jismoniy holat teng bölib turgan paytda Özbekiston taşabbusni qölga olişga harakat qildi.
Agar har ikki jamoa tetik bölgan birinçi bölimni oladigan bölsak, taşabbus va ustunlik vakillarimiz tomonida bölganini köramiz. Bu davrda töp nazorati deyarli teng böldi, 51ga 49. Darvozaga berilgan zarbalar böyiça 5-3 hisobida biz ustunlik qildik. Raqib jarima maydoniga kiriş böyiça ham teng körsatkiç qayd etildi – 3-3. Ya'ni, öyinni Özbekiston qörqoqlik bilan, himoyaga «yotib olgan» holda boşladi, deb aytmagan bölardim.
Avstraliyaning asosiy ustunligi, ikkinçi bölimning birinçi yarmiga töğri keldi va bu haqida Kuperning özi ham ta'kidlab ötdi. Şu örinda Ummon bilan öyinda ham aynan şunday holat kuzatilganini ta'kidlaş kerak. Terma jamoa ikkinçi bölim boşlarida raqibga ustunlikni berib qöymoqda.
Törtinçi bölim, ya'ni, 105-120 daqiqalar oraliğida esa, yana ustunlik biz tomonga ötdi. Avstraliya terma jamoasi futbolçilarida ham çarçoq alomatlari sezilgaç, ularning individual ustunliklari yöqqa çiqdi va yana biz taktik tomondan taşabbus körsata boşladik. Bu davrda Avstraliya biror marta ham darvozamizga zarba bera olmadi, biror marta ham töpni jarima maydonimizga olib kirmadi, faqat bir marta maydonning sönggi 1/3 qismiga öta oldi xolos. Bu paytda biz raqib darvozasini işğol qilişga yaqin keldik, 2 marta töpni Avstraliya jarima maydoniga olib kirgan bölsak, 6 marta maydonning sönggi 1/3 qismiga ötildi. Xulosa özingizdan.
2) Töpni Avstraliya nazorat qildi, biz esa, Avstraliyani nazorat qildik.

Umumiy hisobda töp nazorati 58ga 42, Avstraliya foydasiga böldi. Raqib 920 marta töp oşirişni amalga oşirgan bölsa, bizda bu körsatkiç – 573. Bir qaraganda, sezilarli tarzda Avstraliyaning ustunligi bölgan va 0:0 hisobi, göyoki faqat omadimiz kelganini anglatayotgandek. Ammo aslida unday emas.
Töp nazorati aynan qaysi zonalarda amalga oşgani va uzatmalar yönalişiga ahamiyat bersak, Avstraliya aksariyat holatlarda töp bilan nima qilişni bilmaganini, himoyamizni yorib öta olmaganini köramiz. Buni faqat men emas, öyindan keyin Avstraliya boş murabbiyi ham alohida ta'kidladi. Umuman olganda, çinakamiga golga tortadigan xavfli vaziyatlar, Nesterovning haqiqiy qahramonliklari kuzatilmadi öşa kuni.
Avstraliya amalga oşirgan 920 pasdan eng köpi (45) Jyekson Irvin tomonidan Trent Sainsbyoriga oşirilgan. Ikkinçi körsatkiç, Sainsbyori – Degenek (43) va keyingi örinda Sainsbyori – Irvin (41). Ya'ni raqib safida eng köp töp uzatişlar tarkibdagi eng qöyi çiziq vakillari – himoyaçilar örtasida amalga oşirilgan.
Şuningdek, uzatmalarning yönalişiga ham e'tibor qaratiş mumkin. Avstraliyaning 920 pasidan 246tasi oldinga uzatilgan. Bu umumiy paslarning atigi 26,7 foizini taşkil qiladi. Terma jamoamiz futbolçilari hisobida bunday paslar umumiy körsatkiçning 33 foizini taşkil qiladi. Ya'ni, vakillarimiz töpga egalik qilganda köproq oldinga töp uzatişga harakat qilişgan – 183 marta.
Soliştiriş uçun Avstraliyaning Suriyaga qarşi öyinini oldim. Sababi, Iordaniya bilan öyinda «kengurular» öyinning aksariyat qismida hisobda orqada borganliklari uçun, köproq taşabbusga erişgan – öşa öyinni Özbekiston bilan öyinga qiyoslab bölmaydi.
Xullas, Suriya bilan öyinda ança oçiq futbol namoyiş etilgan va Avstraliya 443 pasdan 41 foizini oldinga uzatgan. Orqaga paslar esa, atigi 12 foizni taşkil qilgan xolos. Özbekiston bilan öyinda esa, Avstraliya futbolçilari umumiy paslarning 15 foizini orqaga uzatişgan.
3) Ötkir öynaş Kuperning asosiy körsatmalaridan biri bölib qolmoqda.

Asosiy vaqtni himoyada ötkazgan bölsak-da, Yaponiya va Avstraliyaga qarşi öyinlarni Ummon bilan öyinga taqqoslab bölmaydi. Ilk öyindan farqli ravişda, keyingi öyinlarda vakillarimiz vaziyatni köproq his qilişdi, özlarini yöqotişmadi va iloji boriça, vaziyat yaratişga tayyor turişdi.
Kuper ehtiyotkorlik bilan öynaş haqida har qança gapirmasin, bu körsatmalar, asosan himoyalanişda, zonalarni yopişda köproq işlatilmoqda. Töp bilan esa, raqibga nisbatan dadilroq, kreativroq harakat qiliş asosiy ijobiy jihatlarimizdan bölib qolmoqda. Avstraliya töpni bizdan 1,5 barobar köproq nazorat qilgan, uzatmalar soni böyiça deyarli 2 barobar ustunlikka ega bölsa-da, «ötkir paslar» soni böyiça yana biz ustunlikka erişdik. Avstraliya hisobida bunday paslar soni – 16ta. Özbekiston terma jamoasi a'zolari esa, 18 marta mana şunday vaziyat yaratişga harakat qilib körişdi. Muvaffaqiyatli çiqqan harakatlar böyiça ham vakillarimiz oldinda 6ga 7.
Buni faqat Avstraliyaning öyin uslubi bilan boğlamaslik kerak, masalan, öşa Suriya bilan öyinda Avstraliya 22 bor «ötkir paslar»ni amalga oşirgan. Suriyada esa, bu körsatkiç atigi 7tani taşkil etgan xolos.
Yuqorida aytilganidek, Avstraliya faqat maydon markazida töpni nazorat qilişda ustun böldi xolos. Maydonning hujumdagi 1/3 qismida Avstraliya 19 foiz öynagan bölsa, Özbekistonning körsatkiçi ham qolişmaydi – 16,7. Hatto eng sönggi 1/6 zonada vakillarimiz köproq hujum qilişgan – 6,9ga 5,9. Jarima maydoni böyiça ham körsatkiçlar katta farq qilmaydi – 1,7ga 1,3 Avstraliya foydasiga.
Bunday körsatkiçlar, aslida Avstraliyaning maydonda ustunligi bizga tuyulgandek bölmagani, raqibning juda köp rejalari va harakatlari öxşamay qolganini ifodalaydi. Aksinça, öyin töliğiça, Ektor Kuperning ssenariysi asosida ötgan va agar penaltilar seriyasida omadliroq bölganimizda, murabbiyning kuçli raqibga qarşi juda töğri taktika tanlagani va yakunda hamkasbini doğda qoldirganini bemalol aytsak bölardi.
4) Töp nazorati va töpni qadrlaş ham asosiy yönalişlarimizdan bölib qolmoqda
Kuper tanlayotgan himoyaviy uslub faqat raqib xatosini poylaş, oçiq zonalar paydo bölib qolişini kutiş bilan çeklanib qolmayapti. Himoyadan hujumga çiqiş, töpni uşlab turiş, pressing va töpni olib qöygandagi harakatlar pala-partişlik yoki tavakkal qarorlarga emas, aniq belgilangan va töpni nazorat qilişga qaratilganini biliş mumkin.
Masalan, Avstraliya bilan öyinda töpni uzun paslar (30 metrdan ortiq masofaga) orqali şeriklarga oşirişga uriniş umumiy paslarning 17 foizini taşkil qildi, xolos. 30 foiz paslar örta masofaga va 53 foizi qisqa masofaga uzatildi. Masalan, Avstraliyaga qarşi harakat qilgan Suriyada uzun paslar 22 foizni taşkil qilgan.

Abramov boşçiligida Osiyo Kubogida muvaffaqiyatli öynay boşlaganimizda, hammamiz nihoyat arablarga qarşi qanday öynaşni örganib olganimiz haqida gaplar köpaygandi. Bu rost edi. Çunki, Abramovning uslubi töliğiça töpni nazorat qilişga asoslangan, töpsiz öynaş esa, arab jamoalarining eng katta kamçiligidir. Tarkibda Ahmedov, Jeparov, Kapadze, Haydarov, Şatskix, Geynrix kabi tajribali futbolçilarning bölişi Abramovning işini osonlaştirgan ham edi. Ammo öşa jarayonda, öşa pallada kamçiliklar bölgan – öşa futbol bilan Avstraliya, Janubiy Koreya kabi terma jamoalarga qarşi öynaş imkonsiz ediki, sönggi bosqiçlarda biz buni oğriqli ravişda his qilganmiz. Şu tomondan Abramov falsafasi çiroyli, tomoşabop, lekin natija e'tibori bilan universal emasdi.
Har qanday hujumkor öyin avvalo, himoyani qurişdan boşlanişini Fergyuson aytib ketgan va bugungi zamonaviy futbolda ham, bu faraz tasdiğini topgan. Gvardiola Mançesterda hujumkor jamoasini qurişda dastlabki yilda rosa «kaltak yedi» – qaçonki, himoyaçilar va darvozabon uçun 300 million funtga yaqin pul sarflagandan sönggina, çempion böldi. Yurgen Kloppning öta hujumkor, tomoşabop öyini natija ham olib kelişi uçun rekord summada Van Deyk va Alisonning transferiga muhtoj edi. Nihoyat vaqt ötib, Abramov futboliga ham pragmatizm qaytib, himoyaga e'tibor qaratiş boşlanganida, öyin yanada şakllangandagina, biz Yaponiya bilan ham, Eron bilan ham munosib öynadik.
Endi, Kuperdan, 5 oydan söng, Yaponiya va Avstraliya bilan pozitsion öynaşni kutsak, adaşamiz. Kuper Abramovdan farqli ravişda, öyinni hujumdan emas, himoyadan boşlab şakllantira boşladi. Avval şogirdlariga Avstraliya va Yaponiya kabilar bilan öynaşni örgatmoqda, qaçonki, ularga qarşi muvaffaqiyatli töp sura boşlasak, öz özidan, arab jamoalari yoki özimizdan kuçsizroq raqiblarga qarşi osonlik bilan natija körsatişni boşlaymiz, menimça.
Hozirgi pallada, faqat, futbolçilarning qanday öynayotganiga qarab kelajakni taxmin qila olamiz. Aytiş mumkinki, Kuperning öz yönalişi, uslubi va rejalari bor, ularni hozirdanoq payqasa böladi.
Avtomatika
Agar faqat bir öyin misolida emas, umuman Ektor Kuper qurayotgan jamoa haqida fikr bildirganda, bugungi kartinaga emas, murabbiyning aynan qaysi falsafani ilgari surayotgani, futbolçilar aynan qanday yönalişda harakat qilayotganiga e'tibor beriş kerak böladi.
Çunki, Kuperning futbolçilarimiz bilan tom ma'noda işlay boşlaganiga atigi beş oy böldi, turnirdan taşqari 4 marta yiğin taşkil qilindi xolos. Hatto har kuni birga böladigan klublar futbolida ham, 5 oy juda kam vaqt sanaladi. Hozir terma jamoamiz BAAda körsatgan öyiinini yakuniy mahsulot deb, aynan şu öyinlar yordamida Kuperga yakuniy baho beradigan bölsak, adaşayotgan bölamiz. U holda murabbiy va futbolçilar munosabatlari, Kuperning talablarining şogirdlariga yetib borişi, özlaştirilişidagi kamçiliklar, futbolçilarning individual xatolari va hatto Bikmayevning noaniq penaltisini ham Kuperga yozişimizga töğri keladi-ki, bu xato.
Misol uçun hozir hammamiz Eronning öyiniga tan beramiz. Jamoa Keyruş boşçiligida deyarli birorta ham gol ötkazmay jahon çempionatiga çiqdi, u yerda dunyo futboli grandlari bilan tengma-teng öynadi. Lekin bu yöl qanday boşlangani esingizdami?
2012 yilning yozida Eron terma jamoasi Toşkentga taşrif buyurgandi. Öşanda Keyruşning kelganiga bir yildan sal oşgan, murabbiy sifatida hali biror yirik turnirda qatnaşmagandi. Abramov esa, 2 yildan ortiq Özbekistonda işlagan, terma jamoamiz töliğiça murabbiyniki bölib ulgurgandi. Öşa öyinda terma jamoamiz yaqqol ustunlik qilgan, juda köp vaziyatlar yaratib, hatto gol ham urgandi. Eron esa, faqat himoyada vaqtini ötkazgan, umuman, keyingi yillarda ham, Eron deganda biz himoyaviy öyin körsatadigan jamoani tuşunib kelgandik. Ammo vaqt ötib, hozir, unday emas, Eron har tomonlama balansga ega bölgan, yaxşi hujum qiladigan va raqibga kam imkoniyat beradigan kuçli jamoalardan biri. Hozir Osiyoda heç qaysi jamoa Eron bilan öyinda öşa biz Toşkentda, 2012 yilda körsatgan ustunligimizni körsata olmaydi. Nega?
Agar maşina haydasangiz yoki Play Station öynasangiz, bilişingiz kerak, boşida hammasi miya orqali orqali boşqariladi. Masalan, Play Station öyinlarida ma'lum harakatni amalga oşiriş uçun, öşa harakat tugmasini xayolingizda ötkazasiz, keyin bosasiz. Vaqt ötib esa, bu jarayon avtomat körinişga keladi. Endi siz har bir harakat ustida öylab ötirişingiz şart emas, qöl-oyoqlaringiz kerakli harakatni amalga oşiradi, tugmani bosadi. Miyangiz sizdan «beruxsat» kerakli körsatmalarni tana a'zolaringizga jönatadi.
Sinab körmoqçi bölsangiz, maşina haydayotganda, har bir harakatingizni avval öylab körib, «endi gazni bosaman», «ssepleniyeni qöyvoraman», «povorotni yoqaman» deb xayoldan ötkazib, keyin bajarişga harakat qilib köring. Işonavering, hayday olmaysiz, ança qiynalasiz. Ammo eslang, maşina haydaşni endi örganayotganigizda, aynan şunaqa haydardingiz, töğrimi?
Bir paytlar, Lui van Gaal «Mançester Yunayted»ni boşqarayotganda, nihoyat futbolçilari uni tuşuna boşlaşgani, jamoa töğri harakatlanayotgani, endigi bosqiç, bu jarayonni avtomatlaştiriş ekanini aytgandi. Masalan, Kloppning «Liverpul»idagi hujum uçligi xuddi şunday avtomat körinişga kelgan. Keyruş boşçiligidagi Eron ham 8 yil içida bu murabbiy qöl ostida mana şu bosqiçga yetib kelib böldi.
Ektor Kuper jamoasini haqida unday deb bölmaydi. Biz hozir hujumlarning tezkorligiga emas, aynan qanday yönalişda amalga oşirilmoqçi bölayotganiga, futbolçilar sekin bölsa-da, qanday harakatlanişayotganiga e'tibor berişimiz kerak. Jamoada töpsiz töğri harakatlaniş bor, töpni nazorat qilişga bölgan urinişlar bor, ötkir paslar bilan şeriklariga vaziyat yaratişga harakatlar yetarli. Jamoa şunçaki, töpni uzoqlaştiriş, raqib xatosini poylaş bilan şuğullanmayapti. Faqatgina bu harakatlarni amalga oşirişda futbolçilar sekin harakat qilayotani öyinimizga ta'sir qilmoqda. Sababi, bu jarayon hali avtomat jarayonga aylanmadi, har bir futbolçi töpni egallaganda, töpsiz harakat qilayotganda, qaror qabul qilayotganda, öşa körsatmalarni xayolidan ötkazmoqda. Bu esa, tabiiyki, öyin sur'ati pastroq bölişiga olib keladi. Agar bu jarayon uzoq vaqt davom etsa, murabbiy-futbolçi munosabati, futbolçilar örtasidagi özaro boğlamlar yanada şakllanib, avtomat körinişga kelsa, yanada tezroq va samaraliroq futbol körişimiz mumkin.
Hozir esa, yuqorida tilga olingan statistik körsatkiçlarga tayanib, jamoa mazmunli öynaşga urinayotganini tan oliş kerak xolos.
Iste'fo talab qilayotganlarga...
Jurnalistlar va muxlislar orasida bunday fikr tarafdorlari ham yetarliça topiladi. Kuper terma jamoada heç narsani özgartirmagani va uning örniga boşqa murabbiyni tayinlaş kerakligi talab qilingan maqolalar ham çiqib turibdi.
Keling, vaziyatga real qaraylik, Kuperning örniga kimni tasavvur qilasiz? Öz nomiga ega bölgan çet ellik murabbiy mana şu pallada taklifimizga rozi böladimi? Ya'ni olti oy oldin Kuperni tayinlagan va BAAdagi performansdan keyin uni iste'foga çiqargan federatsiya bilan işlaşga rozi bölarmikin? Ahmoq emas, u ham Kuperning olti oylik işini baholab, aynan nima uçun murabbiyni haydaganimizni öylab körsa kerak, töğrimi? Yoki özimizning Haydarov, Kapadze kabi yoki boşqa mutaxassislarimizdan birini tayinlaş mumkin. Ular rad etişmaydi, ammo bu murabbiylar qöl ostida terma jamoamizni qanday tasavvur qilasiz?
Ikkinçidan, iste'fo haqidagi gaplar, aynan Avstraliya bilan öyin tugagandan keyin köpaygani ğalati. Nima, agar Bikmayev aniq penalti tepganida, Kuper – qahramon edimi? Bajarilgan işlar, körsatilayotgan öyin, mavjud özgarişlar faqat birgina natija, birgina zarbaga boğlab qöyilişi xato ekanini aytiş şart emasdir?

Bir neça yil oldin, öşa paytdagi ÖFF rahbari Mirabror Usmonov terma jamoamiz markaziga Rio-2016 yöllanmasiga ega çiqiş vazifasini qöygan va agar şu natija bölmasa, Tolibjonov, Akramovdan tortib, olimpiya terma jamoasi murabbiylarigaça işdan olişini aytgandi. Öşanda men «Janobi töp hikoyasi» sarlavhasi bilan maqola yozgandim. Bugungi çiqişimni ham öşa maqoladan parça bilan tugataman:
«Bir paytlar Azamat Abduraimovning öxşab qolgan zarbasi Rustam Akramovga Osiyo öyinlari ğolibligi bilan birga, to bugungaça maqtaniş va ustimizdan professorlik qiliş imkonini berib kelayotgan bölsa, endi yana öşa qandaydir epizod uni işdan böşatib yuborişi mumkin, qiziğ-a?
Savollar paydo bölyapti, tösatdan. Xöş, Rioni qöying, aynan bugun, Asqar Tolibjonov, Rustam Akramov, umuman terma jamoalar markazi faoliyatidan qoniqyapmizmi yoki yöqmi? Bizmas, ÖFF qoniqyaptimi yoki yöqmi? Terma jamoalar markazi faoliyati deganda, Rio-2016 yölidagi biror jamoa bilan öyinda gol urişimiz yoki urolmay qolişimiz emas, qilinayotgan bugungi işlar, reja va strategiyalar, öşa musobaqalarga qilinayotgan amaliy tayyorgarlik baholanişi kerak emasmi?
Agar ÖFF terma jamoalar markazidan qoniqayotgan bölsa, olimpiyaçilarimizning Rio yölidagi natijalari uşbu bahoni özgartirmasligi kerak.
Agar ÖFF terma jamoalar markazidan qoniqmayotgan bölsa, Rio yölidagi öyinlar natijasining kutişdan nima naf?
Menimça, buni taklif desa ham böladi, ÖFF prezidenti va Terma jamoalar markazi örtasida ham qandaydir mutaxassislar guruhi bölişi kerak. Terma jamoalar markaziga bahoni töğridan töğri ÖFF prezidenti bermasligi, aynan öşa mutaxassislar guruhi tomonidan markaz faoliyati tahlil qilinib, xulosalanişi, ana undan keyin yakuniy qarorni ÖFF prezidenti berişi lozim böladi. Ana şundagina markaz faoliyatiga tom ma'noda baho beriladi. Natijalardan qat'i nazar xatolar tahlil qilib boriladi.
Yöq, men bu gaplarni terma jamoalar markazi faoliyatiga salbiy yondaşgan holda aytmoqçi emasman, aslo. Men markaz işini baholaş mezonlari haqida fikr yuritdim. Bugun agar natija yaxşi bölsa, markaz yöl qöygan juda köp xatolar berkitilib, xaspöşlanib, yana qaçondir öşa xatolar qaytarilişi mumkin. Şu bilan birga, mabodo natija yomon bölib qolsa, amalga oşirilgan katta mehnatlar, töğri qarorlar va rejalar röyobga çiqmay, eslanmay, keyinçalik tajriba sifatida davom ettirilmay qolib ketişi mumkin.
Tasavvur qiling, Hollivud filmlari ham, Dostoyevskiyning «Jinoyat va jazo»si ham bir çetda qolib ketadi: 2014 yilgi çempionatimizning eng yaxşi öyinçisi Jamşid Iskandarov Rio-2016 saralaşining sönggi daqiqasida uzoqdan kuçli zarba berdi. Töp ajoyib trayektoriya hosil qilib, himoyaçilardan, darvozabondan ham ötib ketdi va darvozaga qarab ketmoqda. Töp darvoza tösiniga tegib, pastga tuşa boşladi. Hamma qarab turibdi: Usmonov, Tolibjonov, Akramov, Iskandarov, boşqa futbolçilar, biz....
Töpning esa bu bilan işi yöq. U çiziqning u tomoniga tuşsa, hamma baxtli, malades, qarsaklar. Ordenlar, gramotalar, konsertlar, Malibu. Çiziqning bu tomoniga tuşsa, tamom. Majlis. Iste'fo! Tolibjonov işdan ketadi. Çunki u yaxşi işlamagan.
Töpning esa bundan xabari ham yöq.
U - yumaloq. Yumalab yumalab ketaveradi. Uning ÖFF logotipi tuşirilgan qismi goh yerga bulanib, goh osmonga qarab... »
Qahramon Aslanov












