Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Rossiya: eng maqbul taktik harakat usullari rejalashtirildi

O‘zbekiston va Rossiya harbiy xizmatchilari hamkorligida o‘tkazilayotgan maxsus taktik o‘quv mashqlari doirasidagi tadbirlar kecha ham qizg‘in kechdi. Ikki davlat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari komandirlari ko‘zda tutilgan maqsad va vazifalarni ado etish uchun belgilangan hududni o‘rganish, eng maqbul taktik harakat usullarini rejalashtirish, qaror qabul qilish, qo‘llaniladigan qurol-yarog‘ va harbiy texnika vositalarini tayyorlash masalalarini muhokama qildilar. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston tomonidan mayor Muhammad Xoldorov, Rossiya tomonidan kapitan Nurali Shaxmanov komandirligida shartli noqonuniy qurollangan kuchlar joylashgan hududda razvedka ishlarini olib borish, ularning moddiy ta'minot, qurol-yarog‘ va harbiy texnikalariga shikast yetkazish va yo‘q qilish, garovga olinganlarni ozod qilish hamda buzg‘unchi kuchlarni batamom yakson qilish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.

Bu vaqtda ikki mamlakat tog‘ o‘qchi bo‘linmalari harbiy xizmatchilari o‘rtasida o‘tochar qurollardan otish, tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish, qurol-aslaha va tegishli anjomlar bilan uzoq masofaga marsh yugurish kabi yo‘nalishlarda do‘stona musobaqalar o‘tkazildi. Kapitan G‘iyos Jamolov hamda katta leytenant Sergey Baromiko komandirligidagi bo‘linmalar shaxsiy tarkibi o‘rtasida kechgan 5 kilometr masofaga marsh yugurish, murakkab tog‘ to‘siqlari yo‘lagidan o‘tish musobaqasi ayniqsa, yodda qolarli lahzalarga boy bo‘ldi.

Mavzuga oid
23:08 / 05.02.2026
Sankt-Peterburgda noqonuniy migrantlarni qidirish uchun itlar va dronlar ishga solindi
22:35 / 05.02.2026
Rossiya elchixonasi O‘zbekistonni yangi migratsiya siyosati haqida xabardor qildi
21:03 / 05.02.2026
2025 yilda 200 ga yaqin o‘zbekistonlik Rossiyadan boshpana so‘radi
18:27 / 05.02.2026