Jamiyat | 08:34 / 07.10.2017
13835
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda xonadondan 29 ming dollarni o‘marib ketishdi

2017 yil 21 avgustdan 22 avgustga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, noma'lum shaxs, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida, Mirzo Ulug‘bek tumani hududida fuqaro A.N.A.ning xonadoni eshigi qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochgan holda g‘ayriqonuniy ravishda kirib, unga tegishli 29.000 AQSh dollari miqdoridagi pullari hamda baxosi 4.000.000 so‘m bo‘lgan zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar bermoqda

Mazkur holat yuzasidan, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik, ya'ni uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, juda ko‘p miqdorda, o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni M.A.M. sodir etganligi aniqlangan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid