Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"O‘zbekiston-Qirg‘iziston-2017" ko‘rgazmasi doirasida 15,5 mln. dollarlik shartnomalar imzoladi
Toshkentda "O‘zbekiston-Qirg‘iziston-2017" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi, unda 8 ta sohadagi 120 ta qirg‘iz kompaniyasining 250 nafar vakili bo‘lgan tadbirkorlar ishtirok etdi. Ko‘rgazma nafaqat Toshkent shahri aholisi, balki O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi.
"O‘zbek-qirg‘iz ko‘rgazma-yarmarkasi" doirasida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi umumiy qiymati 15,5 mln. AQSh dollarini tashkil etadigan mahalliy mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi.
Shuningdek, Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi va Rossiya-Qirg‘iziston taraqqiyot jamg‘armasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Ushbu tashrif doirasida imzolangan hamkorlikning turli sohalari bo‘yicha hujjatlar va bitimlar ikki mamlakat tadbirkorlari uchun ikki tomonlama aloqalarning mavjud salohiyatini rivojlantirish uchun mustahkam asos yaratganini alohida ta'kidlash joiz.
Mavzuga oid
10:14 / 24.06.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara hududlarni o‘zaro almashdi
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026