Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Turkiyaning Suriyadagi rejalariga munosabat bildirdi
AQSh Turkiyani terrorizmga qarshi kurashda, shuningdek, o‘z chegaralari muhofazasi yo‘lida olib borayotgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda Pentagon rasmiysi Erik Paxon ma'lum qildi.
«Anadolu» nashri xabar berishicha, u Turkiyaning Idlibga kirishiga munosabat bildira turib Suriya shimoli-g‘arbiy «Al-Qoida» jangarilari uchun boshpanaga aylangani, bu hudud mintaqa xavfsizligiga tahdid solib turganini aytgan.
Pentagon rasmiysi AQShning «Jyebhat an-Nusra» bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmas bo‘lib qolishini bildirgan.
«Ushbu guruh «Al-Qoida»ning Suriyadagi qanoti hisoblanadi va bu guruh terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidadir», - degan u.
Pentagon rasmiysi «Front an-Nusra» «Al-Qoida» bilan aloqalarni uzgani haqida e'lon qilgan bo‘lsada, bu guruh o‘z maqsadlarini o‘zgartirmagan.
Bundan tashqari, Paxon AQSh ayni vaqtda Idlibdagi amaliyotlarda qatnashmayotganini qayd etib o‘tgan.
Mavzuga oid
22:23 / 08.06.2026
Harbiy tibbiyot sohasida Turkiya bilan hamkorlik rivojlantiriladi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026