Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Anqaraning javobi: Turkiya AQSh fuqarolariga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatdi
Turkiya AQSh tomondan turk fuqarolariga noimmigratsion vizalar berish to‘xtatilganiga javoban "aks chora" ko‘rdi: u ham amerikaliklarga noimmigratsion vizalar berishni to‘xtatdi.
Bu haqda Turkiyaning Vashingtondagi elchixonasi tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi. E'tiborlisi, Turkiya elchixonasining xabari AQSh elchixonasi bayonotini deyarli so‘zma-so‘z takrorlagan.

"Oxirgi voqealar Turkiya hukumatini AQShning Turkiya diplomatik missiyalari obektlari va personali xavfsizligini ta'minlash borasidagi sodiqligini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi. Tashrif buyuruvchilar sonini minimalga keltirish uchun barcha konsullik va elchixonamizda noimmigratsion vizalar berilishini to‘xtatdik", deb aytilgan Turkiya elchixonasi bayonotida.
Ta'kidlanishicha, ushbu chora pasportdagi vizalar, elektron vizalar va chegarada olinadigan vizalarga qo‘llanadi.
Avvalroq AQSh o‘zining Istanbuldagi bosh konsulligi xodimi Metin Topuzning hibsga olinishi sababli Turkiya fuqarolariga vizalar berishni to‘xtatgani ma'lum qilingandi. Topuz Fathulla Gulenning tashkiloti bilan aloqadorlikda ayblanib, 4 oktabrda hibsga olingan.
Mavzuga oid
11:45 / 22.04.2026
Tramp Eron bilan vaqtinchalik sulhni uzaytirdi
23:12 / 21.04.2026
Tramp: Eron bilan sulh uzaytirilmaydi, havo zarbalari qayta boshlanadi
17:49 / 21.04.2026
Turkiya ta’lim dasturlariga o‘zbek–turk do‘stligini urg‘ulovchi qo‘shimchalar kiritildi
14:08 / 21.04.2026